Argentina terma jamoasining sobiq ustozi Marselo Byelsa Braziliya terma jamoasiga omad tilamasligini aytdi.
«Braziliyaning jahon chempioni bo‘lishini istamayman. Ammo tan olish kerak, ular to‘g‘ri yo‘ldan bormoqda» - dedi Byelsa Marca xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi muddatidan oldin JCH-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Argentina esa saralash guruhida 5-o‘rinda bormoqda.