Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

Kosonsoyda Samaraxon Karimov xotirasiga atalgan musobaqa o‘tkazildi

Kosonsoyda Samaraxon Karimov xotirasiga atalgan musobaqa o‘tkazildi

Baho:
+1 | -

Bugungi kunda 9 may, tom ma’noda yurtimizning gullab-yashnashiga o‘z xissasini qo‘shgan insonlar xotirasi yodga olinadigan, faxriylarga izzat – ikrom, mehr oqibat odatdagidanda ko‘proq ko‘rsatiladigan muborak sanaga aylangan.

Shu munosabat bilan Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida «9-may - Xotira va qadrlash kuni» hamda tuman faxri bo‘lmish rahmatli Samaraxon Karimovning 85-yilligiga bag‘ishlangan mini-futbol bo‘yicha “Xotira” turniri o‘tkazildi. Qur’a natijasiga ko‘ra, 20 ta jamoa, 4-guruhga bo‘lingan holda bahslarga kirishadigan bo‘lishdi. Jamoalar o‘rtasidagi musobaqa juda qiziqarli va teng kuchlar ostida o‘tdi.

Qiziqarlisi, musobaqa finaliga “Davr 1987” hamda “Borussiya Dortmund” jamoalari yetib kelishdi. Murosasiz va teng kurashlar ostida o‘tgan bahsda “Davr 1987” jamoasi raqibilarini 4:3 hisobida mag‘lub etib, bosh sovringa sazovor bo‘lishdi.

2-o‘ringa “Borussiya Dortmund” loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, 3-o‘rin esa “Kosonsoy A-Seriya” hamda “Guliston” jamoalariga nasib etdi.

Shuningdek, turnirda “Eng yaxshi futbolchi” (Akmalxon Abdullayev, “Borussiya Dortmund”), “Eng yaxshi darvozabon” (Abdusami Rahimboyev “Davr 1987”), “Eng yaxshi to‘purar” (Baxodirxon Inomov, “A-Seriya”), “Eng yaxshi yoshi katta futbolchi” (Ibrohimjon Karimov, “Qorasuv”), “Eng yaxshi yosh futbolchi” (Azimjon Muhammadazimov, “Zakovat”), “Eng namunali futbolchi” (Nosirxon Boboyev, “A-Seriya”), “Eng chiroyli gol muallifi” (Jamolxon Hamidov, “Kosonsoychi”), “Eng xavfli hujumchi” (Islomxon Zokirov, “Davr 1987”), “Eng mexnatsevar futbolchi” (Farxod Ataxanov, “Guliston”) nominasiyalari bo‘yicha qimatbaho sovg‘alar topshirildi.

Tadbir so‘nggida Samaraxon Karimovning farzandlari Muyassarxon Karimova so‘zga chiqib, turnir g‘oliblarini samimiy qutlab, tadbirni tashkil etgan Jahongirxon Hojixonovga otalari ruhini shod etganlari uchun chin dildan samimiy minnatdorchiligini bildirdi.

Bundan tashqari, musobaqani tomosha qilish uchun muxlislar qatorida Samaraxon Karimovning farzandlari, nabiralari ham tashrif buyurishdi.

O‘tkazilgan xotira turniri barchaning ko‘nglida iliq taasurot qoldirish bilan birga tumanda futbolni rivojlantirish ishlari kundan-kunga olg‘a borayotganidan ham darak bermoqda.

Rustamxon Temirov

MUSOBAQA FOTOSURATLARINI KOMPYUTER ORQALI KO‘RISH UCHUN BU YERGA BOSING

MUSOBAQA FOTOSURATLARINI TELEFON ORQALI KO‘RISH UCHUN ESA BU YERGA BOSING

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 22:03, 11.05.2017.
O'qildi: 4185 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик