Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Oliy liga. "Navbahor" - "Qo‘qon-1912" (prevyu)

Oliy liga. "Navbahor" - "Qo‘qon-1912" (prevyu)

Baho:
+ | -

Oliy liga 10-tur o‘yinlari doirasida "Navbahor" “Qo‘qon-1912” klubini qabul qiladi.

"Vodiy derbisi" maqomidagi mazkur o‘yinga tomonlar munosib hozirlik ko‘rishdi. Bugun soat 18:00 da "Qo‘qon-1912", 19:00 da esa "Navbahor" "Markaziy" o‘yingohda so‘nggi mashg‘ulotni o‘tkazishdi. Ushbu uchrashuv barchaning diqqat markazida turibdi. Boisi, musobaqa jadvalida 2- o‘rinda borayotgan qo‘qonliklarni "lochinlar" ta’qib qilib borishmoqda.
Oliy liga doirasida jamoalar 22 bor o‘zaro duch kelishgan. Shundan 15 ta bahs “Navbahor” g‘alabasi bilan yakunlangan. Uchta uchrashuvda durang qayd etilgan bo‘lsa, to‘rtta o‘yinda qo‘qonliklar g‘alaba qozongan. To‘plar nisbati 49-24, “Navbahor” foydasiga. Namanganda o‘tkazilgan so‘nggi ikkita uchrashuv "Navbahor"ning bir xil 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugagan. O‘tgan yili "Markaziy" o‘yingohda "navbahorchilar" ushbu raqib ustidan yirik 5:1 hisobida zafar quchishgandi. Mirjalol Kurbonovning goliga Igor Golban, Dilshod Jabborov va Oleksandr Pishchur (3 ta) javob qaytarishgandi. "Navbahor" maydonida "Qo‘qon-1912" umuman ochko olmagan. Barcha 22 o‘yinda qo‘qonliklar mag‘lubiyat bilan ortga qaytishgan. So‘nggi uch qarama-qarshilikda raqib bittadan gol urimoqda.

Namanganda o‘tgan o‘yinlar:
1992 yil "Navbahor" – "Qo‘qon-1912" - 2:0
1993 yil "Navbahor" – "Qo‘qon-1912" – 2:1
1994 yil "Navbahor" - "Qo‘qon-1912" 1:0
1995 yil "Navbahor" - "Qo‘qon-1912" 1:0
1995 yil "Navbahor" - "Qo‘qon-1912" 4:1
1998 yil "Navbahor" - "Qo‘qon-1912" 4:2
1999 yil "Navbahor" – "Qo‘qon-1912" – 2:1
2000 yil "Navbahor" – "Temiryo‘lchi" - 5:4
2002 yil "Navbahor" – "Qo‘qon-1912" - 2:0
2003 yil "Navbahor" – "Qo‘qon-1912" - 5:1
2015 yil "Navbahor" – "Qo‘qon-1912" – 2:1
2016 yil "Navbahor" – "Qo‘qon-1912" - 5:1

Eslatib o‘tamiz, 12 may kuni soat 18:00 da start oladigan “Qo‘qon-1912”ga qarshi uchrashuvni Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 00:38, 12.05.2017.
O'qildi: 4581 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.