Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Ja’far Irismetovning «Spartak»dagi xotiralari haqida

Ja’far Irismetovning «Spartak»dagi xotiralari haqida

Baho:
+ | -

Rossiyalik kasbdoshlarimiz «Spartak» (Moskva)ning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatlariga alohida yondashmoqdalar. Zero, rus futbolining yangi davri boshlanish qismida chinakamiga «gegemon»lik qilgan bu klub mamlakat chempionatida oxirgi marta 2001 yili zafar quchgani bo‘yicha taxtga yaqinlasholmayotgandi. Eslasangiz, o‘sha oxirgi «oltin» mavsumning birinchi qismida jamoa tarkibida hamyurtimiz Ja’far Irismetov ham to‘p surgandi. Xullas, «SE» nashri 27-tur o‘yinlari arafasida «Spartak»ning hozirgi natijalari yuzasidan sobiq hujumchimiz bilan  maxsus suhbat uyushtirdi.

- «Spartak» chempionmi?

- Ha va bu katta bayram. Hozirdan ko‘pchilik qo‘ng‘iroq qilib, meni ham tabriklayapti. Darhaqiqat, «Spartak» bu yil ancha quvontirdi. Jamoadan ketgan bo‘lsamda, doimo u bilan qandaydir bog‘liqlikni his qilganman. To‘g‘ri, Moskvadagi faoliyatim uzoqqa cho‘zilmagan, ammo yorqin xotiralar qolgan. Keyinchalik qayerda o‘ynamayin, «Spartak» muxlislari hamisha meni eslab, iliq gaplarni aytardilar. Ayrimlar bilan haligacha yozishib turaman, kimlargadir futbolka jo‘natganman.

- «Spartak» nima uchun 16 yil davomida chempion bo‘lolmadiyu, bu ishni aynan joriy yil uddalayapti?

- Intizom o‘rnatildi va himoya mus­tahkamlandi. «Spartak» hamisha to‘p bilan o‘ynashga moyil klub sifatida gavdalangan. Karrera esa himoyani kuchaytirdi. Natijalarga qarang, 1:0, 2:0... Italyanlar taktikasi shunaqa: 3 ochko bor va bu yaxshi. Eng muhimi, hozirgi «Spartak»da «Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun» maqoli amalda. Buni O‘zbekis­tonda turib ham, sezish mumkin.

- «Spartak» o‘yinlarini nechog‘li kuzatdingiz?

- Imkoni boricha. Alenichev ishini kuzatish qiziqarli bo‘lgandi. Lekin u biroz muloyimroq uslubga tayandi. Deylik, Alenichevga Karrera olib kirgan jamoaviy mas’uliyat ruhi yetishmadi.

- Xuddi siz o‘ynagan vaqtdagi kabi-mi?

- O‘sha payt Romansev ishlagan va shuning o‘zi katta gap. To‘g‘risi, biz jamoada o‘zaro do‘st bo‘lmaganmiz. Yigitlar guruhlarga ajralib qolishgandi. Faqatgina murabbiy obro‘si barchasini bir maromda ushlab turardi. Ammo baza tashqarisida birdamlik sezilmasdi. Menimcha, hozirgi «Spartak»da umumiy kayfiyat 2001 yilgi jamoanikiga nisbatan olganda, ancha do‘stona.

- Xo‘sh, «Spartak»-2001 qanday edi?

- Men uchun yopiq. Faxriylarning o‘z brigadasi shakllangangandi - Titov, Parfyonov, Pisarev... Men esa ko‘proq yosh futbolchilar bilan muloqotda bo‘lardim. To‘g‘ri, yoshi kattalardan Baranov va Filimonovning yaxshi munosabatini his etganman. Hattoki, mashg‘ulotlarda ham bir-biriga talpinish sezilmasdi. Ba’zida o‘yinni muhokama qiladigan kishi topilmasdi. Pisarev o‘z intervyusida mening o‘sishimga yordam berayotganini ta’kidlagandi. Aslida u mutlaqo befarq edi. Harqalay, mashg‘ulotlarda qandaydir qo‘llab-quvvatlanishni his qilgan emasman.

- Oyoqqa tepishardimi?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 02:51, 12.05.2017.
O'qildi: 4983 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.