Amerikalik mashhur jarroh Freddi Fu «MYU» hujumchisi Zlatan Ibrohimovichning kelajagi haqida o‘z fikrini aytdi.
Futbolchi Yevropa ligasidan o‘rin olgan «Anderlext» (2:1) klubiga qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat olib, kamida 6 oyga safdan chiqqan edi.
«Zlatan – men operasiya qilgan sportchilar ichida eng yaxshisidir. Uning jismoniy holati juda zo‘r. Ishonchim komil, Zlatan yana ko‘p yillar davomida futbol o‘ynaydi» - dedi doktor Fu South China Morning Post xabarida.