Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

«Manchester Yunayted» uch nafar futbolchisi ketganini rasman e’lon qildi

«Manchester Yunayted» uch nafar futbolchisi ketganini rasman e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» shartnomasi yakunlangani sababli bir yo‘la uch nafar futbolchi jamoani tark etganini ma’lum qildi. Ular — Kazemiro, Tirell Malasia va Jeydon Sanchodir.

Braziliyalik yarim himoyachi (Kazemiro) mankunianliklar safida to‘rt mavsum harakat qildi. Ushbu davr mobaynida u 160 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol urdi. Kazemiro klub bilan birgalikda 2023 yilda Angliya liga kubogini va 2024 yilda Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.

Malasia 2022 yildan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Himoyachi bosh jamoa safida jami 50 ta o‘yinda qatnashdi, yakunlangan mavsumda esa bor-yo‘g‘i uch bor maydonda ko‘rinish berdi.

Sancho 2021 yilning yozida «Old Trafford»ga ko‘chib o‘tgan edi. Vinger klub safida 83 ta uchrashuv o‘tkazdi, shuningdek, faoliyati davomida boshqa jamoalarga ijaraga ham berildi.

Kiritildi: 17:00, 10.06.2026.
O'qildi: 1276 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик