Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna 1-1 Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus 1-1 Lechche
03/01 22:30 Elche 1-3 Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut 2-3 Arsenal
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina 1-0 Cremonese
04/01 20:00 Everton 2-4 Brentford
04/01 20:00 Nyukasl 2-0 Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem 1-1 Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 20:15 Fulhem - Liverpul
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
05/01 00:45 Inter - Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad - Atletiko

13 may kuni O‘zbekiston delegasiyasi «Islom birdamlik o‘yinlari»ning 8 ta medaliga ega chiqdi

13 may kuni O‘zbekiston delegasiyasi «Islom birdamlik o‘yinlari»ning 8 ta medaliga ega chiqdi

Baho:
+ | -

Boku mezbonlik qilayotgan «Islom birdamlik o‘yinlari»ning 13 may kungi musobaqalarida O‘zbekiston sportchilari delegasiya hisobiga 8 ta medalni yozib qo‘ydi.

Oltin - Sadriddin Saymatov (karate)

Karatening -60 kilogramm vaznida tatamiga chiqqan Sadriddin Saymatov barcha raqiblarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Finalda u turkiyalik Kayya Aykut bilan jang qilib, yakunda o‘zbekistonliklar uchun ilk oltin medalni olib berdi.

Ahamiyatli tomoni shundaki, Saymatov jang yakuniga ikki soniya vaqt qolganida ham 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib turgandi. Uning yakuniy zarbasi hal qiluvchi rolni o‘ynadi va ippon bahosini qo‘lga kiritgan Sadriddin qo‘shimcha 3 ochko ishlab olishga muvaffaq bo‘ldi.

Kumush - Anastasiya Serdyukova, Nuriniso Usmonova, Sabina Toshkentboyeva (badiiy gimnastika)

Badiiy gimnastikaning jamoaviy bellashuvlarida o‘zbekistonlik qizlar delegasiya uchun ilk kumush medalni olib berdi. Trio tomonidan bajarilgan elementlar 2-o‘ringa loyiq ko‘rildi. Oltin medal ozarbayjonlik qizlarga nasib qilgan bo‘lsa, bronza Turkiya termasiga ketdi.

Bronza - Saidxon Sayfuddinov (o‘q otish), Sakina Mamedova (o‘q otish), Barno Mirzayeva (karate), Doston Otabolayev (karate), Diyor O‘rozboyev (dzyudo), Gulruh Rahimova (dzyudo, paralimpiya)

Delegasiya safida ilk medalni o‘q otish musobaqasida Saidxon Sayfuddinov qo‘lga kiritdi. Keyin esa unga ayollar musobaqasida hamkasbi Sakina Mamedova ergashdi.

Karateda bronza uchun uch o‘zbekistonlik tatamiga chiqdi. Ular orasidan faqatgina Iqbol Uzoqov medalsiz qoldi.

-70 kilogramm vazn toifasida gilamga chiqayotgan Gulruh Rahimova dzyudoning medal uchun bellashuvida turkiyalik O‘zguryok Oytinni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

Diyor O‘rozboyev esa medal uchun jangda marokashlik raqibi Yosin Moudatirni mag‘lub etdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:26, 14.05.2017.
O'qildi: 6364 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.