Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

O‘zbek futboli afsonasi Birodar Abduraimov 74 yoshga to‘ldi

O‘zbek futboli afsonasi Birodar Abduraimov 74 yoshga to‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbek futboli afsonalaridan biri – Abduraimov Birodar Hasanovich bugun, 14 may kuni 74 yoshga to‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy, sport ustasi, XX asrning eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida tan olingan Birodar Abduraimov “Shuhrat” medali, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi sanaladi.

Afsonaviy futbolchi 1968 yili sobiq Ittifoq chempionatining Oliy liga, 1972 yili esa Birinchi liga to‘purari bo‘lgan. Birodar Abduraimov “Paxtakor” safida 358 uchrashuvda maydonga tushib, bu borada rekord o‘rnatgan. U sobiq Ittifoq olimpiya terma jamoasi safida ham to‘p surgan.

Katta murabbiy sifatida 1994 yilgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasining g‘olib bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Birodar Abduraimov o‘zbek futboli tarixida mamlakat chempionati va xalqaro o‘yinlarda 200 ta gol kiritgan birinchi futbolchi sifatida qayd etilgan. 

Futbolchilik faoliyati davomida Birodar Abduraimov 1960–1968 hamda 1970–1974 yillarda “Paxtakor”, 1969/70 yilgi mavsumda Moskvaning SSKA sharafini himoya qilgan.

1977 yildan O‘zbekiston klublarida murabbiy sifatida ishlagan. 1994–1995 yillarda Rustam Akramov bilan birgalikda O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan.

Uning o‘g‘il farzandlari Azamat, Jasur, Bahodir va Botir Abduraimovlar ham mashhur futbolchi va murabbiylarga aylandi.

Xususan, Jasur Abduraimov 2016 yili O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bilan Osiyo chempionatida ishtirok etdi va chorak finalga qadar yetib bordi.

Ayni vaqtda Jasur Abduraimov Toshkentning “Paxtakor” klubiga bosh murabbiylik qilmoqda. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 12:31, 14.05.2017.
O'qildi: 3904 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.