«Sassuolo» ustozi Eusebio Di Franchesko Rimga ko‘chib o‘tishi mumkin.
47 yoshli mutaxassis mavsum oxirida «Roma» bosh murabbiyi etib tayinlanadi, deb xabar bermoqda Mediaset Premium.
Di Francheskoning shartnomasidagi tovon puli miqdori 3 mln yevroga teng va «Roma» uni to‘lashga tayyor. U 1997-2001 yillar davomida «Roma» tarkibida o‘ynab, 2000/01 mavsumda Italiya chempioni bo‘lgan edi.