«Bavariya» markaziy himoyachisi Kim Min Je «Manchester Yunayted»ning qiziqishlar doirasiga tushib qoldi.
«Qizil iblislar» janubiy koreyalik futbolchini yozgi transfer oynasida sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda: ingliz grandi vakillari ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida markaziy himoyachining o‘yinlarini bevosita kuzatib borishadi. Bu haqda Transfer News Live portali TZ nashriga tayangan holda xabar bermoqda.
29 yoshli futbolchiga da’vogarlar qatorida «Yuventus» klubi ham tilga olinmoqda. Transfermarkt portali ekspertlari Kim Min Jening bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda. Kimning Myunxen klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.













