«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshfordning faoliyati borasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Diario SPORT xabariga ko‘ra, «Barselona» ijara muddati tugaganidan so‘ng futbolchini sotib olish huquqidan foydalanmoqchi emas, garchi o‘yinchining o‘zi Kataloniya klubida qolishni istayotgan bo‘lsa ham.
Ta’kidlanishicha, «qizil iblislar» Reshfordga yana bir imkoniyat berishga tayyor, chunki bosh murabbiy Maykl Kerrik futbolchining o‘yinini yuqori baholaydi. Mutaxassis allaqachon vinger bilan jamoaga qaytish imkoniyatlari haqida suhbatlashib ulgurgan.
«Bavariya»ning qiziqishiga kelsak, Markusning Myunxenga ko‘chib o‘tishi deyarli imkonsiz, chunki futbolchining moliyaviy talablari juda yuqori. Manbaga ko‘ra, u faqat «Barselona» uchungina maosh borasida katta yon berishga tayyor edi.
O‘tgan mavsumda Reshford barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urgan va 14 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan













