Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

“Futbol do‘stlik uchun” loyihasining barcha ishtirokchilari aniqlandi

“Futbol do‘stlik uchun” loyihasining barcha ishtirokchilari aniqlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Lokomotiv” futbol klubi tarbiyalanuvchisi Ilyos Ahmedov, Mirobod tumanidagi 110-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Amir Sharipov, UzReport telekanali muxbiri Orif Tolipov va sport sharhlovchisi Davron Fayziyev iyul oyida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tashkil qilinadigan "Futbol do‘stlik uchun" loyihasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

FIFA va futbol bo‘yicha 2018 yilgi Jahon chempionatining rasmiy hamkori — “Gazprom” kompaniyasining “Futbol do‘stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasi shu yil 26 iyun kunidan boshlab 3 iyul kunigacha Sankt-Peterburgda (Rossiya) bo‘lib o‘tadigan beshinchi mavsumi start olganini e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.

2017 yilda loyihaning ishtirokchi mamlakatlar soni 32 tadan 64 tagacha, ya’ni, ikki barobar ko‘paydi. O‘zbekiston ham ishtirokchi mamlakatlar qatoridan joy olgan. Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston sharafini “Yashil do‘stlik” jamoasida darvozabon himoya qiladi.

Musobaqa qoidalariga ko‘ra, futbolchi (darvozabon) 10–12 yoshda bo‘lishi, 2 yillik futbolchilik tajribasiga ega bo‘lib, ingliz tilini bilishi va boshqalar bilan chiqishimli bo‘lishi kerak. Shu maqsadda, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi mamlakatdagi futbol klublarning yosh darvozabonlari orasida 19 aprel kuni tanlov o‘tkazdi. Bir necha bosqichdan iborat tanlovda mamlakatning qator klublari orasida “Lokomotiv” tarbiyalanuvichisi, 12 yoshli Ilyos Ahmedov g‘olib bo‘ldi.

Shuningdek, musobaqada har bir mamlakatdan bir yosh va tajribaga ega bo‘lgan jurnalist qatnashadi. O‘zbekiston futbol federasiyasi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, 12 yoshli Amir Sharipov yosh jurnalist sifatida, UzReport TV telekanalining informasion dasturlari muxbiri Orif Tolipov mazkur loyihada ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.tajribaga ega bo‘lgan jurnalist sifatida g‘olib bo‘ldi. Bundan tashqari, taniqli sport sharhlovchisi Davron Fayziyev ham “Futbol do‘stlik uchun” loyihasida O‘zbekistonning eng nomdor vakillaridan biri sifatida ishtirok etadi.

Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan musobaqada O‘zbekiston delegasiyasiga O‘FF texnik direktori Shavkat Imomov rahbarlik qiladi. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 17:38, 16.05.2017.
O'qildi: 2749 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик