Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Legionerlarimizda nima gaplar?

Legionerlarimizda nima gaplar?

Baho:
+ | -

Afonin o‘yinda, Denisov esa dam oldi. Rossiya chempionati 28-turida ikki futbolchimiz maydonda o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin edi. Zero, «Lokomotiv» o‘z maydonida «Orenburg»ni qabul qildi. Ammo moskvaliklar vakili Vitaliy Denisov bu safar maydonga tushmadi. «Orenburg» a’zosi Vadim Afonin esa  asosiy tarkibdan joy olib, 58-daqiqaga qadar to‘p surdi. Natijaga kelsak, «temiryo‘lchilar» yirik hisobda g‘alaba qozonishdi - 4:0.

Finishga durang bilan. BAA milliy chempionati ham nihoyasiga yetdi. «Al-SHabab» klubi so‘nggi turda «Al-Vahda»ni qabul qilib, 1:1 hisobi bilan cheklandi. Hamyurtimiz Aziz Haydarov mazkur o‘yinda ham «Al-SHabab»ning boshlan­g‘ich tarkibida maydonga tushdi va to‘liq vaqt harakatlandi. «Shabab» chempionat davomida 30 ochko to‘plab, 8-o‘rinni egalladi. Aziz esa jamoasining 22ta o‘yinida qatnashdi, ammo unga gol urish nasib etmadi. BAA chempionati yakuniga ko‘ra, sovrindorlar uchligi quyidagicha ko‘rinish oldi: 1-o‘rin - «Al-Jazira», 2-o‘rin - «Al-Vasl», 3-o‘rin - «Al-Ahli».

Krimes qachon maydonga tushadi? «Pekin Guoan» murabbiylari Xitoy chempionati 9-turi doirasida «Yanbyan Fude»ga qarshi kechgan safar o‘yinida ham hamyurtimiz Yegor Krimesga ehtiyoj sezishmadi. Umuman olganda, milliy jamoamiz himoyachisi joriy mavsum hali biror marta maydonga tushmadi. O‘yin natijasiga kelsak, pekinliklar ortga 2:1 ko‘rinishidagi g‘alaba bilan qaytib, o‘z ochkolari sonini 14taga yetkazib qo‘yishdi. «Chanchun Yatay» esa safarda peshqadam - «Guanjou Evergrand»­ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Chanchunliklar sharafini himoya qilayotgan Anzur Ismoilov uchrashuvda to‘liq 90 daqiqa to‘p surdi. Xitoy super-ligasidagi yana bir vakilimiz - Odil Ahmedov «Shanxay SIPG»ning «Tyanjin Teda» maydonidagi o‘yinida to‘liq vaqt faol to‘p surib, jamoa­sining minimal hisobdagi yutug‘iga hissa qo‘shdi.

Chempionatda omadsizlik. 

DAVOMI 

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:04, 17.05.2017.
O'qildi: 4844 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик