Kirish Ro'yxatdan o'tish

Diyorjon Turopov: «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘yin qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o‘tishiga aminman»

Diyorjon Turopov: «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘yin qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o‘tishiga aminman»

Baho:
+ | -

Bugun Oliy Liga 11-tur o‘yinlari doirasida “Lokomotiv” “Qo‘qon-1912” jamoasi maydoniga safar uyushtiradi.

Anchagina qiziqarli ruhda o‘tishi kutilayotgan mazkur qarama-qarshilik oldidan “temiryo‘lchilar” jamoasi a’zosi Diyorjon Turopovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Bu o‘yinga reja asosida tayyorlandik. Murabbiylar shtabi bilan birgalikda raqib o‘yinini o‘rganib chiqdik. Ta’kidlash kerakki, “Qo‘qon-1912” bu yil ancha mazmunli o‘yin ko‘rsatyapti. Jamoa tarkibiga bir necha nafar yaxshi saviyadagi futbolchilar qo‘shib olingani ko‘rinib turibdi. Natijada esa qo‘qonliklar o‘z ishqibozlarini tez-tez qo‘lga kiritilayotgan ochkolar bilan xursand qilishyapti.

Bugungi o‘yin qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o‘tishiga aminman. Stadionga keladigan muxlislar zerikib qolishmaydi, deb o‘ylayman. Nasib etsa, biz ham maydonga faqat g‘alaba uchun chiqamiz. Chiroyli o‘yin namoyish etgan holda “Lokomotiv” ishqibozlarini xushnud etishga urinamiz" – dedi mahoratli futbolchi klub matbuot xizmatiga.

Ta’kidlash joiz, “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvi bugun soat 17:30da bo‘lib o‘tadi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 11:51, 17.05.2017.
O'qildi: 3451 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик