Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Ravshan Haydarov O‘zbekiston U-22 terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi

Ravshan Haydarov O‘zbekiston U-22 terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-22 terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Toshkentning “Paxtakor” klubi ustoziga aylangan Jasur Abduraimov o‘rnini O‘zbekiston yoshlar termasida Ravshan Haydarov egalladi.  

Murabbiylik faoliyati davomida Ravshan Haydarov “Traktor” (1997–2001), “Paxtakor” (2002, 2006–2007, 2010–2011, 2017), “Qizilqum” (2012–2013), Samarqandning “Dinamo” (2013–2014) klublarida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan.

Uning qo‘li ostida “Paxtakor” ikki martadan O‘zbekiston chempionati va Kubogida g‘olib chiqqan. Shuningdek, Ravshan Haydarov 2002–2005 yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, 2007–2010 yillarda “Paxtakor” klubida bosh murabbiy assistenti, 2014–2015 yillarda O‘zbekiston U-19 termasi ustozi lavozimida faoliyat yuritgan.

2015 yildan buyon esa 55 yoshli mutaxassis O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlab kelayotgan edi.

Ma’ulmot uchun, O‘zbekiston U–22 terma jamoasi shu yilning 15–23 iyul kunlari 2018 yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichida ishtirok etadi. Saralash bosqichi uchrashuvlari BAAda bo‘lib o‘tadi. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 11:19, 18.05.2017.
O'qildi: 4642 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.