Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Goal Angliya Premyer Ligasining ramziy terma jamoasini e’lon qildi

Goal Angliya Premyer Ligasining ramziy terma jamoasini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Goal nashri Yevropa kuchli beshlik chempionatlarining eng yaxshilarini tuzishni boshlab yubordi. E’tiboringizga Angliya Premyer Ligasining 2016/17 yilgi mavsumi rasmiy terma jamoasini havola qilamiz.

Darvozabon: Tom Xiton (“Byornli”)

“Byornli” mavsumni ko‘tarinki ruxda o‘tkazmagan bo‘lsada, uning darvozaboni haqida bunday deya olmaymiz. Xiton chempionat darvozabonlari orasida eng ko‘p 137 seyvni amalga oshirgan va qo‘shimchasiga 10 ta “quruq o‘yin” o‘tkazgan.

Himoyachilar: David Luiz (“Chelsi”), markaziy himoyachi

Parijda ikki mavsum o‘tkazgan braziliyalik himoyachi Angliyaga qaytgach, o‘zining yuqori saviyadagi o‘yinlarini namoyish etish uchun vaqt talab qilmadi. O‘zining ishonchli o‘yinlari bilan Luiz Antonio Konte jamoasining muhim bo‘lagiga aylandi. Jamoa uning ishtirokidagi 32 o‘yinda 25 gol o‘tkazib yuborgan.

Yan Vertongen (“Tottenhem”), markaziy himoyachi

Vertongen “Taqachilar” o‘tkazayotgan fantastik mavsumning asosiy sababchilaridan biridir. Himoyada o‘z hokimiyatini o‘rnatgan Vertongen duellarning 74%ni omadli yakunlagan. Maurisio Pochettino belgiyalik himoyachini barcha uchrashuvlarida asosiy tarkibda maydonga chiqargan.

Sezar Aspilikueta (“Chelsi”), chap qanot himoyachisi

Ispaniyalik qanot himoyachisi “Chelsi”ning Premyer Ligani to‘liq o‘tkazgan yagona a’zosi hisoblanadi. London himoyasining uchligida alishtirilmas o‘yinchiga aylandi. Aspilikueta mavsum mobaynida 75 marta raqiblardan to‘pni olib qo‘ygan. Bu esa himoyachilarda kuzatiladigan kamdan-kam holatlardan biri.

Antonio Valensiya (“Manchester Yunayted”), o‘ng qanot himoyachisi

Ekvadorlik futbolchi jamoaga Mourinyoning kelishi bilan qayta “tug‘ildi”. O‘ng qanot himoyasiga o‘tkazilgan Valensiya bu pozisiyada o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Katta tezlikka ega futbolchi jamoasi uchun 30 ta golli vaziyat yaratib bergani, e’tiborga molik.

Yarimhimoyachilar

Ngolo Kante (“Chesli”), tayanch yarimhimoyachisi

Fransiyalik futbolchi Premyer Liganing eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi. Yozda “Lester”dan kelib qo‘shilgan Kante Kontening o‘yin tizimida muhim vazifalarni bajaruvchiga aylandi. Yangi jamoasiga tezda kirishib ketgan Kante hujum va himoyani bog‘lab turadigan “ko‘prik” vazifasini a’lo darajada uddaladi.

Dele Alli (“Tottenhem”), tayanch yarimhimoyachisi

O‘tgan mavsumdayoq o‘zini ko‘rsatib qo‘ygan Alli bu mavsum davomida yanada yorqinroq porlay oldi. 17 gol va 48 golli vaziyat yaratgan Alli angliyalik futbolchi Pochettino jamoasining eng samarali futbolchilaridan biri bo‘ldi.

Markos Alonso (“Chelsi”), hujumkor yarimhimoyachi

Transfer bozori yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida “Fiorentina”dan olib kelingan Alonso Angliya Premyer Ligasining kashfiyotiga aylandi. Antonio Konte o‘yin sxemasida topilgan joy Alonsoning qirralarini ochib yubordi. “Chelsi” Alonso ishtirok etgan o‘yinlarning 83 %ni g‘alaba bilan yakunladi.

Filipe Koutinyo (“Liverpul”), hujumkor yarimhimoyachi

“Liverpul”ning Chempionlar Ligasiga chiqishi uchun ko‘p mehnati ketayotgan futbolchi Koutinyodir. Braziliyalik “daho” mavsum mobaynida o‘zining yuqori cho‘qqisida bo‘ldi. Jamoasi uchun 12 gol urgan futbolchi o‘z pozisiyasida eng yaxshi ikkinchi bo‘ldi.

Eden Azar (“Chelsi”), hujumkor yarimhimoyachi

O‘tgan mavsumda ko‘rsatgan o‘yinlari tufayli ko‘pchilikning tanqidlari ostida qolib ketgan Azar bu mavsumda munosib javob qaytardi. “Aristokratlar” safida mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkaza olgan belgiyalik futbolchi raqib darvozasiga 15 marta yo‘l topa olgan. Bundan tashqari, chempionatda 100 dan ortiq dribbling qilgan to‘rt futbolchidan biri hisoblanadi.

Hujumchi:

Aleksis Sanches (“Arsenal”)

“Arsenal”ning chililik a’zosi mavsum davomida 31 gol kiritib eng samarali hujumchilardan biriga aylandi. Bu esa «to‘pchilar»ning yuqori to‘rtlikka kirishida muhim omillardan biri bo‘ldi. Biroq, amaldagi shartnomasi hali uzaytirmagan Sanches «Arsenal» muxlislarini xavotirga solishda davom etmoqda.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 12:55, 18.05.2017.
O'qildi: 8672 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.