O‘zbekiston chempionatining uchdan bir qismi ortda qoldi. "Navbahor" o‘z tarixida 10- turdan so‘ng qanday ko‘rsatgich qayd etganiga nazar tashlab, e’tiboringizga qiziqarli statistik ma’lumotlarni taqdim etishni lozim topdik.
* 13 yillik tanaffusdan so‘ng "lochinlar" mavsumda 10- turdan so‘ng kuchli beshlikka ko‘tarilishdi.
* 8- marotaba chempionatning ushbu pallasida "Navbahor" musobaqa jadvalining yuqori beshta pog‘onasidan birini egalladi.
* Ketma-ket olti mavsumda (2011-2016) 10- turdan so‘ng "navbahorchilar"ning to‘plar nisbati salbiy ko‘rsatgichga ega bo‘lib kelayotgandi.
* 10- turdan so‘ng eng ko‘p jag‘arilgan ochko 1996- yilgi mavsumda qayd etilgan. Klubimiz chempion bo‘lgan yili 10 o‘yinda 26 ochko to‘plagan.
* 10- turdan keyin eng kam ochkoni "Navbahor" 2008- yilda to‘plagan - 7.
* 10 ta turda eng kam golni 1996- yilda o‘tkazilgan. O‘shanda "Navbahor" 2 marotabagina o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan.
* Eng ko‘p golni mavsumning 1/3 qismida 2004 yilda qayd etgan. 13 yil avval klubimiz 10 turda jami 25 marotaba raqib darvozasini aniq nishonga olgan.
* Eng ko‘p durang 1994 va 2012 yilda kuzatilgan.
* Eng kam durang 2001 yilda. 16 yil avval 10 o‘yinda "lochinlar" umuman durangga imzo chekishmagan.
* "Navbahor" ayni paytda 17 ochko to‘plab, so‘nggi 13 yildagi eng yaxshi ko‘rsatgichni namoyish etdi.
* 2012 yildan buyon dastlabki 10 o‘yinda "Navbahor" doimo o‘ntadan ortiq gol o‘tkazib kelgandi. Bu yil ushbu an’anaga barxam berildi.
* Shu bilan birga ilk 10 turda gol urish borasida "navbahorchilar" so‘nggi 5 yildagi eng past ko‘rsatgichni qayd etishdi. 2013 yildan buyon mavsumning bu qismida 10 tadan ortiq gol urilardi.
* Duranglar soni borasida esa so‘nggi 5 yildagi eng yuqori ko‘rsatgichga erishildi. Hozirda jamoamiz jami 4 marotaba 10 bellashuvda durangga erishdi. 2012 yildan (5 ta) buyon 10 turda buncha durang kuzatilmagan.
* Mag‘lubiyat borasida 12 yil avvalgi natija takrorlandi. 10 bahsda Mo‘minjonov shogirdlari ikki bor raqibga yengildi, xolos. 2005 yildan 2016 yilga qadar 10 turda "Navbahor" uch va undan ortiq marotaba mag‘lub bo‘lib kelgan.