Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Ro‘ziqul Berdiyev: "Rashidxonovning chiroyli goli evaziga g‘alaba qozondik"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Rashidxonovning chiroyli goli evaziga g‘alaba qozondik"

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun Oliy liga 11-tur uchrashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Tur doirasida muxlislar Voha derbisi guvohi bo‘lishdi. Unda “Nasaf” G‘uzorda “Mash’al”ni qabul qildi va 1:0 hisobida zafar quchdi.  Uchrashuv yakuniga yetgach, mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Sa’dullayevich o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

-“Mash’al” jamoasi bilan uchrashuvimiz doimo keskin bo‘ladi, ular biz bilanbahslashganida juda katta kuch bilan harakat qilishadi. Bugungi o‘yin ham shunday bo‘ldi. Bevosita o‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, biz bugun Rashidxonovning chiroyli goli evaziga g‘alabaga erishdik. O‘yinchimiz juda chiroyli gol muallifi bo‘ldi. Raqibga bugun gol urishga umuman imkon bermadik. Uchrashuvda biz uchun boshqa qulay vaziyatlar ham bo‘ldi. Ammo bu vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Muhimi g‘alabaga erishdik va uch ochkoni qo‘lga kiritdik. 


Bugun biz bir necha o‘yinchilarimizga dam berdik. SH.A’zamovni kichik jarohati borligi tufayli tavakkal qilishni hohlamadik. Qolaversa u muntazam o‘yinlarimizda ishtirok etib kelayotgandi. Bugun yana SH.Erkinovni maydonga tushirmasdan B.Abduxoliqov xizmatidan foydalandik. Bunga sabab, o‘yinda “Mash’al” jamoasi himoyachilarini shoshirib qo‘yadigan tezkor hujumchi kerak edi. 


Raqibimiz bizga nisbatan bugun qo‘polroq harakat qildi. Balki ular o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifadan kelib chiqib, shunday harakat qilishgandir.  Ammo bunday qo‘pol harakatlar raqib jamoa o‘yinchilari uchun yomon oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. 


Derbi? Biz derbiga emas, oddiy o‘yinga tayyorgarlik ko‘rgan edik. Maqsadimiz g‘alaba qozonish edi. Buni yigitlarimiz uddasidan chiqishdi. Bugun jamoamiz o‘zining yana bir mazmunli o‘yinini namoyish etdi. Shaxsan bundan mamnunman, -deydi Berdiyev.

Manba: www.fcmashal.uz
Kiritildi: 10:55, 19.05.2017.
O'qildi: 3982 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик