Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Tanishing: dunyoning eng kuchli murabbiylari... Top-50

Tanishing: dunyoning eng kuchli murabbiylari... Top-50

Baho:
+ | -

Avvalroq xabar bergan edik, Fransiyaning mashhur L’Equipe nashri yaqinda o‘z talqinidagi murabbiylar reytingini e’lon qildi. Nashr tomonidan o‘tkazilgan maxsus so‘rov yakuni bo‘yicha joriy mavsum ishi uncha o‘xshamagan Xosep Gvardiola zamonamizning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olindi. «Barselona» ustozi Luis Enrike esa o‘zini xuddi kamsitilgandek qis qilgan bo‘lsa, ajabmas. Axir unga atigi 13-qatordan joy ajratildi. soccer.ru sayti ijodkorlari Fransiya jurnali reytingiga alohida nazar tashlab, aynan shunga o‘xshash diqqatga sazovor jihatlarga e’tibor qaratishdi. Eslatish joiz, L’Equipe talqinidagi ro‘yxat 33 nafar jurnalist ovoziga ko‘ra, tuzilgan.

41-50-o‘rinlar

Rikardo Lavolpe («Amerika»; Argentina) Xuan Antonio Pissi (CHili termasi; Argentina) Lars Lagerbek (Norvegiya termasi; Shvesiya) Eddi Xou («Bornmut»; Angliya) Jovanni van Bronkxorst («Feyenoord»; Gollandiya) Kris Koulmen (Uels termasi; Uels) Ralf Xazenxyuttl («RB Leypsig»; Avstriya) Xeymir Xadlgrimsson (Islandiya termasi; Islandiya) Jan Pyero Gasperini («Atalanta»; Italiya) Luis Felipe Skolari («Guanjou Evergrand»; Braziliya)

Demak, reytingning oxirgi o‘ntaligidan milliy jamoalarning 4 nafar va klublarning 6 nafar ustozi joy oldi. JCH-78da Argentina terma jamoasi safida chempionlik nashidasini surgan Rikardo Lavolpe 30 yildan oshdiki, Meksikada ishlamoqda. Fransuzlar uning «Amerika» klubini raqobatbardosh darajada kuchaytirib, KONKAKAF hududidagi CHLda ketma-ket 2 marta g‘oliblik sari yetaklaganini e’tiborsiz qoldirishmadi. Xuan Antonio Pissi esa Chili terma jamoasining Amerika kubogi finalida o‘z hamyurtlari - argentinaliklardan ustun kelishini ta’minladi. Lars Lagerbek va Xeymir Xadlgrimsson Islandiya termasi bilan Yevro-2016da chinakamiga shov-shuv ko‘tarishdi, Kris Koulmen ham aynan shu turnirda kamtarin Uels milliy jamoasini yarim finalga qadar yetakladi. Eddi Xou va Jovanni van Bronkxorst - bular istiqbolli murabbiylar. Angliyalik mutaxassisni hozirdan katta klublarga bog‘lamoqdalar, gollandiyalik yosh va g‘ayratli Bronkxorst esa ikkinchi mavsumda «Feyenoord»ni havas uyg‘otadigan darajada shakllantirishga erishdi. Ralf Xazenxyuttl «RB Leypsig»ni joriy mavsumning bosh kashfiyotiga aylantirdi. Zero, «qizil buqalar» bundesligadagi debyut mavsumdayoq Germaniyaning eng kuchli klublariga saboq berib, bir urinishda CHL yo‘llanmasini naqd qilishdi. «Atalanta» o‘yinidagi ijobiy o‘zgarishlar zamirida avvalo, bosh murabbiy Jan Pyero Gasperinining mehnatlari yotibdi. Jahon chempioni Lius Felipe Skolarini esa asosan oldingi xizmatlari hurmati reytingga qo‘shgan bo‘lsalar kerak. To‘g‘ri, «Serjant Felipao» hozir ham Xitoy milliy super-ligasi grandi - «Guanjou Evergrand»da chakki ish yuritayotgani yo‘q.

31-40-o‘rinlar

Oskar Tabares (Urugvay termasi; Urugvay) Jovanni Trapattoni (jamoasiz; Italiya) Jorje Jezush («Sporting»; Portugaliya) Lui van Gal (jamoasiz; Gollandiya) Manuel Pellegrini («Xebey Chayna Forchun»; Chili) Mircha Luchesku («Zenit»; Ruminiya) Rudi Garsiya («Marsel»; Fransiya) Marselo Galyardo («River Pleyt»; Argentina) Luchano Spalletti («Roma»; Italiya) Ronald Kuman («Everton»; Gollandiya)

Bu yerda «Zenit»ga daxldor ikki nafar mutaxassis bor - sobiq va amaldagi bosh murabbiy. Ammo Mirchu Luchesku uchun uning «Shaxtyor»dagi uzoq va samarali faoliyatini inobatga olib, ovoz berishgani tayin. Luchano Spalletti esa Rossiyadan qaytgach, yana yuqori ko‘tarilib, «Roma» boshqaruvini qo‘lga oldi va hozirda talabgir mutaxassislar qatorida turibdi. Oskar Tabares ham hurmatga loyiq. U 10 yildan ortiq vaqtki, Urugvay termasini binoyidek boshqarmoqda va yutuqlari chakki emas: Amerika kubogi oltin medali, jahon chempionati yarim finali...

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 01:02, 20.05.2017.
O'qildi: 11334 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.