Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Manzilida adashgan iqtidor — Sardor Rashidov qaysi jamoada o‘ynashi kerak?

Manzilida adashgan iqtidor — Sardor Rashidov qaysi jamoada o‘ynashi kerak?

Baho:
+1 | -

Ayni damda barchamizning e’tiborimiz shak-shubhasiz Sardor Rashidovning keyingi taqdiriga qaratilgan. Ayni damda Qatarning “Al-Jaish” klubidan ketishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan Sardor sovchilarsiz qolgani yo‘q. Unga allaqachon bir nechta jamoalar xaridor bo‘lib ulgurishdi. Biroq...

XATONING BOSHLANISHI

Aslida, ana shu “biroq” bizni 2015 yilda qiynagandi. O‘shanda ajoyib o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan Sardor Rashidov o‘ziga bildirilgan takliflar orasidan “Al-Jaish”ni tanlagandi (yoki uni shu variant to‘g‘ri ekanligiga ishontirishgan). O‘shanda ishqibozlarning hafsalasi pir bo‘lgani bor gap. Sababi biz Sardorni hech bo‘lmaganda Fransiya chempionatida ko‘rishni orzu qilgandik (adashmasam, qaysidir fransuz klubi Sardorga qiziqish bildirgandi ham). Chunki Sardor dunyoning eng kuchli beshta chempionatidan birida o‘ynashga munosib edi, bunga imkoniyati ham, iqtidori ham yetardi. Axir hozirda ham Yevropaning kuchli jamoalarida imkoniyati Sardornikidan ortiq bo‘lmagan futbolchilar ham o‘ynab yurishibdi-ku. Shu bois biz buni juda istagandik, biroq...

KO‘KKA SOVURILGAN VAQT

Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: Sardor Qatar chempionatiga o‘tib, yutdimi? Bizning chempionatga nisbatan olib qaraganda, ha. Ammo o‘zining iqtidoridan kelib chiqib qaraganda yo‘q. Sardor “Al Jaish”da maqtashga arzigulik, ko‘zga ko‘rinarli natijaga erisha olmadi. Yo‘q, biz bu bilan Sardor hech narsani qoyillata olmaydi, demoqchi emasmiz, aslo. Shunchaki Qatar chempionati ko‘p narsani qoyillatadigan saviyada emas, Qatar chempionatida zo‘r o‘ynab, Yevropa klublarining e’tiboriga tushish mushkul. Qatar chempionati ham Osiyoning bir chempionati, xolos. Shundanmi, bizning Sardor Rashidov “Al Jaish”ning yulduziga aylandi, biroq o‘zi uchun foydali bo‘ladigan, karyerasiga ta’sir qiladigan qadam tashlay olmadi.

XATONING TUGALLANISHI

Endi futbolchimiz xatosini to‘g‘rilashi mumkin. Ayni damda uning oldida besh-oltita variantlar turibdi — Qatarning “Al g‘arafa” jamoasi. Mazkur klubga o‘tish Sardorga hech qanday foyda bermaydi. Aksincha, yana bitta xato qadam tashlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. “Al-Ayn” bizningcha, Sardorga taklif bildirgan jamoalar orasida tuzukrog‘i shu, biroq Sardor iloji boricha yuqoriroq dorga osilgani ma’qul. “Al-Ahli”, “Al-Vasl” va “Al-Vihdat” esa futbolchimiz uchun allaqachon erishib bo‘lingan cho‘qqi. Bizni quvontirgani Italiya chempionati vakili “Kyevo”ning Sardor Rashidovni sotib olmoqchi ekanligidir. Ochig‘i, bu taklif Sardor uchun juda foydali, biz uchun juda-juda qimmatli. “Kyevo” keyingi mavsumda ham A seriyada o‘ynaydi. Yana bir narsani ishonch bilan ta’kidlaymanki, Sardor bemalol “Kyevo”ning asosiy tarkibidan joy oladi. Chunki italyan klubi asosiy tarkibida o‘ynaydigan futbolchilarning Sardordan ortiq joyi yo‘q, buni “Roma”ga qarshi kechgan o‘yinda ko‘rdik.

Ayni damda “Al Jaish” “Kyevo”dan kattaroq miqdorda pul so‘ragan Sardor Rashidov uchun. “Kyevo” esa o‘z navbatida fikridan qaytmoqchi ekan. Ammo biz juda xohlardik italyan klubining ko‘zi ochilishini-yu Qatar jamoasiga Xudo insof berishini. Axir o‘zbek futbolining “injiq” muhitida har doim ham Sardor Rashidovlar shakllanavermaydi-ku, to‘g‘rimi? Chekka-chekkalarda shunchaki to‘p tepib yurgan iqtidorli “Sardor Rashidovlar” har doim ham e’tiborga tushavermaydi-ku. Shu bois bunday imkoniyatdan foydalanish kerak.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 10:58, 21.05.2017.
O'qildi: 19650 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.