Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Italiya poyabzal firmasi irqiy sabab tufayli Serena Uilyamsga chegirma qilishdan bosh tortdi

Italiya poyabzal firmasi irqiy sabab tufayli Serena Uilyamsga chegirma qilishdan bosh tortdi

Baho:
+ | -

Italiyaning Gianvito Rossi poyabzal firmasi amerikalik tennischi Serena Uilyamsga chegirma qilishdan bosh tortdi. Bu haqda New York Daily News xabar bermoqda.

Gianvito Rossi menejerlari ularning firmasi poyabzallarini afroamerikaliklar kiyishini istamaganligi uchun Serena Uilyamsga chegirma qilishni rad etganligi ta’kidlanmoqda. Bundan tashqari, ular tennischini «qo‘rqinchli» deb atagan.

Mazkur voqeaga Vogue jurnali vakillari aralashgandan keyin do‘kon Uilyamsga chegirma taqdim etganligi xabar qilinmoqda.

Nashrning ma’lum qilishicha, kompaniyaning sobiq menejeri 46 yoshli Uitni Uinbern Gianvito Rossi’ga nisbatan Nyu-York shtati Oliy sudiga irqiy kamsitish to‘g‘risida da’vo kiritgan. Ayolning so‘zlariga qaraganda, uni ishdan bo‘shatgan kompaniya rahbari Greys Mazzilli afroamerikaliklarni yoqtirmasligini bir necha marta namoyish qilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:39, 21.05.2017.
O'qildi: 3342 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.