Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

«Real» 5 yillik tanaffusdan keyin chempionga aylandi

«Real» 5 yillik tanaffusdan keyin chempionga aylandi

Baho:
+3 | -

Ispaniya chempionatining navbatdagi mavsumi yakuniga yetdi. So‘nggi turda "Malaga" mehmoni bo‘lgan "Real" Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Bahsning 2-daqiqasidayoq Ronaldu hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Isko maydon markazida to‘pni egallab oldi va portugaliyalik futbolchini birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Krishtianu darvozabonni aldab o‘tib, bo‘sh darvozaga to‘pni joyladi.

"Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblangan Sandro Ramires tanaffusga qadar "Real" posbonini ancha qiynadi. Ammo Navas bir nechta seyv namoyish qilib, o‘z darvoza daxlsizligini saqlab qoldi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa Karim Benzema hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Burchakdan yetkazilgan Ramos oyoq bilan zarba berdi. Kameni qaytargan to‘pni Benzema darvozaga joylab qo‘ydi.

O‘yin so‘ngida "Malaga" futbolchisining zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegib qaytganini ta’kidlash lozim.

"Kamp Nou"da o‘tkazilgan o‘yinda "Barselona" "Eybar" ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ammo chempionlik 5 yillik tanaffusdan "Madrid"ga nasib etdi. Bu "Real"nging 33-chempionligi bo‘ldi.

Ispaniya La ligasi, 38-tur
MALAGA - REAL MADRID 0:2
21 may, 23.00, «La Rosaleda»
Gollar: 0:1 – 2 Ronaldu, 0:2 – 55 Benzema.
Malaga – Kameni, Vilyanueva, Rikka, Torres, Ernandes, Resio, Kamacho, Fornals, Keko (CHori Kastro, 60), Xoni Rodriges (Duda, 72), Sandro Ramires (SHarles, 69).
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Danilo, Ramos, Isko (Xames, 66), Kazemiro (Kovachich, 66), Kroos, Modrich, Ronaldu, Benzema (Morata, 73).
Ogohlantirishlar: Kameni (56), Xoni Rodriges (57).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:54, 22.05.2017.
O'qildi: 11468 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик