«Bavariya» vingeri Maykl Olise «Real»ning qiziqishlar doirasiga tushib qoldi. El Debate nashrining xabariga ko‘ra, fransiyalik futbolchi Madrid klubiga o‘tishga qiziqish bildirmoqda. Biroq Germaniyaning amaldagi chempionlari o‘z futbolchisini faqat 225 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor, bu esa futbol tarixidagi eng qimmat rekord transferga aylanishi mumkin.
Olise «qaymoqranglilar» safidagi fransiyalik futbolchilar — Kilian Mbappe, Orelyen Tchuameni va Eduardo Kamavinga bilan suhbatlashgan va ular Mayklni «Real»ga o‘tishga ko‘ndirishgan.
Maykl Olise 2024 yilda «Kristal Pelas»dan «Bavariya»ga 53 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda fransiyalik futbolchi Myunxen klubi safida barcha musobaqalarda 52 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













