Kirish Ro'yxatdan o'tish

El Nacional «Real» Valverdeni sotishga tayyor bo‘ladigan shartni ma’lum qildi

El Nacional «Real» Valverdeni sotishga tayyor bo‘ladigan shartni ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachi va jamoa sardori Federiko Valverdeni sotishga intilmayapti, chunki u «qaymoqranglilar» tarkibidagi eng obro‘li va ta’sir doirasiga ega futbolchilardan biri hisoblanadi. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Qirollik klubi» Valverdeni sotish variantini faqatgina unga qiziqish bildirayotgan jamoa 100 million yevrodan sezilarli darajada yuqori bo‘lgan summa taklif qilsagina ko‘rib chiqadi. Bundan tashqari, «Real» murabbiylar shtabi uning o‘rniga munosib nomzod topa olishiga ko‘zi yetishi kerak.

Valverdening obro‘si baland bo‘lishiga qaramay, yarim himoyachi Orelyen Tchuameni bilan sodir bo‘lgan mushtlashuvdan so‘ng, u klubda «daxlsiz futbolchi» maqomini yo‘qotgani alohida ta’kidlangan.

Yakunlangan mavsumda urugvaylik futbolchi barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘qqizta gol va 13 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. O‘yinchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 15:54, 07.06.2026.
O'qildi: 1350 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик