Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

“Real”ning muvaffaqiyati siri nimada?

“Real”ning muvaffaqiyati siri nimada?

Baho:
+ | -

“Qirollik klubi” har doim yulduzli tarkibga ega bo‘lib kelgan.

Bir paytlar Bekxem, Ronaldo, Raul, Figu kabi mahoratli futbolchilar Madrid klubi safida harakat qilishgan. Biroq har doim ham “Real” katta yutuqlarga erishavermagan, hatto ketma-ket ikki mavsumda Chempionlar ligasini qo‘lga kiritmagan. Umuman, bunday natija hech qaysi jamoaga nasib etmagan. Ammo ayni damda Madridning “Real”i bunday tarixiy natijani qayd etishga yaqin turibdi!

DASTLABKI OLAMSHUMUL REKORD

Zayniddin Zidan shogirdlari “Malaga” darvozasini ishg‘ol etishgach, o‘ziga xos tarixiy rekord o‘rnatishdi, ya’ni butun mavsum davomida har bitta raqiblarining darvozasiga gol kiritishdi. Endi navbat ikkinchi rekordga, ya’ni Yevropa Chempionlar ligasini ketma-ket ikki marta qo‘lga kiritishga.

Bunday omadli yurishning asosiy sababi shundaki, Zidan o‘yinchilarning ortiqcha charchab qolmasligi yoki jiddiy jarohat olmasligini ta’minlay oldi (Beyl bundan mustasno). Ko‘pchilik mavsum boshida Zidanni tarkibni ko‘p almashtirishda, bu bilan ko‘p tajriba o‘tkazganlikda ayblagandi. Ammo, mavsum so‘nggida ma’lum bo‘ldiki, Zidanning rotatsiyasi o‘zini oqladi — “Yuventus”ga qarshi YECHL finalidan oldin jamoaning hamma futbolchisi o‘yinga shay turibdi.

Yana bir jihat, “Real”da ikkinchi tarkib degan tushunchaning yo‘qligi, ya’ni kuch jihatdan bir-biriga teng bo‘lgan ikkita tarkib bor. Masalan, Kiko Kasilyaning Navasdan kam joyi yo‘q, buni o‘zi maydonga tushgan o‘yinlarda isbotlab bergan. Yoki Marselo, Ramos, Karvaxal, Pepening o‘rnini Varan, Danilo, Nacho, Koentrau kabi himoyachilar bilan almashtirsa ham bo‘ladi. Yarim himoyada esa Kroos, Kazemiro, Modrichning o‘rniga munosib ravishda Xames, Kovachich, Asensioni tushirsa ham bo‘ladi. Hujum chizig‘i bo‘lmish Ronaldu — Beyl — Benzemaning o‘rnini Lukas Vaskes — Isko — Morata bilan to‘ldirsa bo‘ladi. Demak, teng kuchli ikkita tarkib quyidagicha bo‘ladi:

— Navas, Marselo, Pepe, Ramos, Karvaxal, Kroos, Kazemiro, Modrich, Ronaldu, Beyl, Benzema.

— Kasilya, Varan, Danilo, Nacho, Koentrau, Xames, Asensio, Kovachich, Vaskes, Isko, Morata.

Bu tarkibning har ikkisi ham ajoyib o‘yin ko‘rsata oladi. Ehtimol, bu futbolchilardan birortasi keyingi mavsumda boshqa jamoa safiga o‘tar, ammo Zidan ketganlarning o‘rnini boshqa futbolchi bilan to‘ldirishi tayin.

NAVBAT YANA BIR TARIXIY NATIJAGA

Endi 3 iyun kuni Zidan shogirdlari Allegrining qo‘shini sinovidan o‘tishadi. Ayni damda 24-25 ta o‘g‘loni jangga shay turgan qo‘mondon raqibini yengib o‘tishga harakat qiladi.

Agar “Real” YECHLni yana bir marta mag‘lub etsa, jamoa ham, Zidan ham mutlaq rekord o‘rnatgan hisoblanadi. Kim nima desa desin-u, agar shunday natija qayd etilsa, Zidan yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga munosib. Yo‘q, Zidan tajribasiz, “Real”ning o‘zi kuchli, deyishga shoshilmang, “Real”ning tarkibi bundan ham kuchli bo‘lgan paytda Zidandan ham tajribali murabbiylar ketma-ket ikki yil YECHLni qo‘lga kiritmagan. Demak, gap faqat tajribada emas, omadda ham. Omad esa har doim kuchlilarga boqadi.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 14:51, 22.05.2017.
O'qildi: 9090 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.