Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» Yamal bo‘yicha shart qo‘ydi

«Barselona» Yamal bo‘yicha shart qo‘ydi

Baho:
+3 | -

Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasining Jahon chempionati — 2026 doirasidagi ilk o‘yiniga tayyor bo‘lishi kerak. «Barselona» vingeri shu yilning aprel oyida olgan jarohatidan so‘ng tiklanish jarayonini o‘tamoqda va bu jarayon yakuniy bosqichga kirdi.

AS nashrining xabar berishicha, «Barselona» Yamalning mundialdagi ilk uchrashuvdayoq maydonga qaytishiga ruxsat bergan. Biroq «ko‘k-anorranglilar» bu borada shart qo‘yishdi — klub futbolchining maydonga qaytishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishini istamoqda: birinchi o‘yinda taxminan 15 daqiqa, ikkinchi o‘yinda 45-60 daqiqa va shundan keyingina to‘liq o‘yinlarda harakat qilish imkoniyati.

Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini 15 iyun kuni Kabo-Verde terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 18:14, 07.06.2026.
O'qildi: 2896 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик