Ispaniya chempionatining 38-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Eybar"ga qarshi o‘yinda "Barselona" hujumchisi Lionel Messi juda chiroyli gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Argentinalik futbolchi birga-bir vaziyatda tovoni bilan to‘pni "Eybar" posboni Yoelning oyoqlari orasidan o‘tkazdi. Ammo yilning eng yaxshi goli bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyat yaqqol ofsayd tufayli bekor qilindi.













