Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jahongir Mehmonov: "Neftchi"ga qarshi o‘ynash men uchun oson emas"

Jahongir Mehmonov: "Neftchi"ga qarshi o‘ynash men uchun oson emas"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Navbahor" bahsidan avval, namanganliklar himoyachisi Jahongir Mehmonov o‘yin haqida fikr bildirdi.

"Asli namanganlik bo‘lsamda, Farg‘ona men uchun ikkinchi uyim, qadrdon maskanimga aylanib qolgan. "Neftchi"dek qadrdon jamoaga qarshi, farg‘onalik ishqibozlar ko‘z o‘ngida o‘ynash men uchun oson emas. "Neftchi" muxlislariga xurmatim cheksiz. "Neftchi" klubidagi faoliyatim davomida jamoa murabbiylaridan tortib xodimlarigacha yaxshi munosabatda edim. Farg‘ona jamoasidan ketgan bo‘lsamda, klub qayd etayotgan natijalarga befarq emasman. Albatta "Neftchi"ning bu yilgi ko‘rsatkichlari muxlislarni ranjitishi tabiiy hol. Biroq bu vaziyatni vaqtincha deb bilaman. Hali "Neftchi" o‘z so‘zini aytadi. Derbiga keladigan bo‘lsak, bu futbol! Yashil maydonda xar qanday voqea kuzatilishi mumkin. Xar bir professional futbolchi kabi men ham o‘yin kuni o‘z jamoam natijasi uchun kurashaman. "Neftchi"ni ham "Navbahor"ni ham faqat g‘alaba qoniqtiradi. Ishqibozlarni qiziqarli derbi kutyapti. Natija borasida oldindan nimadir deyish qiyin", - dedi Mehmonov.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 21:48, 22.05.2017.
O'qildi: 2626 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик