«Vilyarreal» klubi bosh murabbiy Fran Eskriba bilan hamkorlikni to‘xtatmadi.
Klub rasmiy saytining xabariga ko‘ra, mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma yana 1 yilga uzaytirildi.
Eslatib o‘tamiz, uning rahbarligida «Vilyarreal» Primerada 5-o‘rinni egallagandi.