Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luish Nani Chorvoqda: futbolchi yozgi ta’tilni O‘zbekistonda o‘tkazmoqda (video)

Luish Nani Chorvoqda: futbolchi yozgi ta’tilni O‘zbekistonda o‘tkazmoqda (video)

Baho:
+ | -

Jahon futboli yulduzlaridan biri, portugaliyalik futbolchi Luish Nani Toshkent viloyatidagi Chorvoq dam olish maskaniga oilasi bilan tashrif buyurgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda futbolchi plyajda boshqa dam oluvchilar bilan to‘p tepayotgani aks etgan.

Futbolchi, shuningdek, o‘zining Instagram sahifasida farzandlari bilan Toshkentdagi hayvonot bog‘idan surat joylagan.

Nani hozirda Qozog‘istonning “Aktobe” klubida faoliyat olib bormoqda. Shu sababli uning O‘zbekistonga tashrifi futbol muxlislari orasida katta qiziqish uyg‘otgan.

Luish Karlos Almeyda da Kunya, futbol olamida Nani nomi bilan mashhur, Portugaliya futboli tarixidagi eng yorqin vingerlardan biri hisoblanadi. U faoliyati davomida Portugaliyaning “Sporting”, Angliyaning “Manchester Yunayted”, Turkiyaning “Fenerbahche”, Ispaniyaning “Valensiya”, Italiyaning “Venesiya” hamda boshqa qator klublarida to‘p surgan.

“Manchester Yunayted” safida Nani 4 marta Angliya Premyer Ligasi, bir marta UYEFA Chempionlar Ligasi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibiga aylangan.

Portugaliya milliy terma jamoasi tarkibida esa 112 ta uchrashuvda maydonga tushib, 24 ta gol urgan. Nani 2016 yilgi Yevropa chempionatida Portugaliya bilan chempion bo‘lgan. Yevro-2016 finalida Krishtianu Ronalduning jarohatidan so‘ng u jamoani sardor sifatida maydonda boshqargan futbolchilardan biri bo‘lgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:44, 01.06.2026.
O'qildi: 3825 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик