Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Diyor Turopov: «Lokomotiv»ning muvaffaqiyatiga xissa qo‘shayotganimdan xursandman»

Diyor Turopov: «Lokomotiv»ning muvaffaqiyatiga xissa qo‘shayotganimdan xursandman»

Baho:
+ | -

“Lokomotiv” mamlakat kubogi 1/8 final o‘yinlari doirasida “Qizilqum” bilan o‘yin o‘tkazib, 5:0 hisobida chiroyli g‘alabaga erishdi.

Mazkur o‘yinda “temiryo‘lchilar” jamoasi a’zosi Diyor Turopov 2 bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, “Loko” tarkibidagi dastlabki gollarini urishga muvaffaq bo‘ldi.

Sekin-asta “Lokomotiv” ishqibozlarining yoqimtoylaridan biriga aylanib borayotgan futbolchi ushbu o‘yin, shuningdek, oldindagi Oliy Liga 12-tur bellashuvlari doirasidan o‘rin olgan “Neftchi”ga qarshi bahs xususida fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Qizilqum» bilan o‘yinni butun jamoamiz yaxshi o‘tkazdi. Murabbiylar bergan ko‘rsatmalarni yigitlar aniq bajara olishdi va yakunda chiroyli g‘alabaga erishdik. Ushbu g‘alabaga men ham o‘z xissamni qo‘shganimdan juda-juda mamnunman. Ayniqsa, gol kiritgan paytim juda yoqimli hissiyotni boshdan o‘tkazdim. Keyingi uchrashuvlarda ham “Loko”ning g‘alabalarida o‘z ulushim bo‘lishiga harakat qilaman.

Oldinda bizni “Neftchi”ga qarshi o‘yin kutmoqda. Ushbu bahsga ham jiddiy hozirlik ko‘ramiz. Raqib o‘yinini tahlil qilgan holda, murabbiylarimiz o‘z rejalarini tuzib chiqishadi. Biz esa murabbiylar ko‘rsatmalarini maydonda bajarishga urinamiz. Keyingi o‘yinlarni ham albatta g‘alaba bilan yakunlashga umid qilamiz» – dedi Diyor Turopov klub matbuot xizmatiga.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 18:01, 25.05.2017.
O'qildi: 3321 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.