Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Yoshlar ligasida «Qo‘qon-1912» irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Yoshlar ligasida «Qo‘qon-1912» irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Yoshlar ligasida 12-tur o‘yinlari boshlandi.

«Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Buxoro»ni qabul qildi.

5-daqiqada mezbonlarda hisobni ochish uchun qulay imkoniyat vujudga keldi. Ammo, so‘nggi pallada mehmonlar himoyachisi to‘pni arang qaytarib qoldi.

10-daqiqada Akobir To‘rayev hisobni ochishga yaqin keldi. U darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba berdi. Zarbaga aniqlik yetishmadi.

15-daqiqa mezbonlar tomonidan shiddatli hujum tashkil etildi. So‘nggi pallada Baratov to‘pga yeta olmadi.

25-daqiqa mezbonlar yuz foizli vaziyatdan foydalana olishmadi. Raqib darvozasi oldida pala-partishlik vujudga keldi. “Buxoro” posboni to‘pga chiqishga xatoga yo‘l qo‘ydi. Doston Meliqo‘ziyev esa bo‘sh qolgan darvozaga gol urolmadi. Uning zarbasini mehmonlar himoyachisi bartaraf etdi.

40-daqiqada Muhammadanas Hasanov jarima to‘pini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim mezbonlar uchun omadsiz boshlandi. 47-daqiqada Akobir To‘rayev hisobni tenglashtirdi.

53-daqiqada mezbonlar hisobda oldinga chiqib olishlari mumkin edi. Ammo Doston Meliqo‘ziyev o‘ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

56-daqiqa buxoroliklardan omad yuz o‘girdi. Jamshid Hasanovning zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi.

69-daqiqada Akobir To‘rayev jamoadoshlari boshlab bergan hujumni gol bilan yakunlab, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

84-daqiqa Avaz Mamatxo‘jayevning kuchli zarbasini mehmonlar posboni qatta qiyinchilik bilan qaytarib qoldi.

89-daqiqa Doniyor To‘lashev boshi bilan raqib darvozasini aniq nishonga olib hisobni tenglashtirdi.

90-daqiqada Avaz Mamatxo‘jayev tomonidan berilgan kuchli zarbani “Buxoro” posboni qaytarishda xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘pni o‘z darvozasiga kiritib yubordi.

Yoshlar ligasi, 12-tur
“Qo‘qon-1912” – “Buxoro” – 3:2 (1:0)
Hakamlar: SH. Nasibullayev, SH. A’zamov, M. Vahobov, S. Rahmonov.
Nazoratchi: R. Serazetdinov.
Gollar: Muhammadanas Hasanov (40), Doniyor To‘lashev (89), Avaz Mamatxo‘jayev (90) - Akobir To‘rayev (47, 69).
“Qo‘qon-1912”: 30. Islom Abdullayev, 4. Doniyor To‘lashev, 5. Ruslan Melzeddinov (99. Ibrohim Muxtorov-90), 6. Dilshod Baratov (7. Ramzbek Isaqov-89), 9. Muhammadanas Hasanov, 10. Abror Rahmonov (55. Baxtiyor Abdubannonov-49, 15. Ibrohim Ahmadjonov-79), 19. Doston Meliqo‘ziyev (70. Ibrohim Usmonov-88), 25. Ismoil Oxunjonov, 29. Iqbol Malikjonov, 75. Ma’mur Rahimov (20. Mo‘min Sodiqjonov-85), 90. Avaz Mamatxo‘jayev.
Zaxira: 13. Nikita Ribkin.
“Buxoro”: 25. Shohjahon Nasimov, 2. Solibek Karimov, 3. Mirjalol Jumayev, 11. Akobir To‘rayev, 14. Mirfayz Muhiddinov, 16. Jamshid Hasanov (93. Bahrom Narzullayev-77), 17. Xurshid Olimov, 23. Ozodbek Qurbonov, 29. Elshod Dilmurodov, 33. Narimon Hasanov (97. Burhon Hasanov-31), 87. Anvar Jo‘rayev (61. Suhrob Ne’matov-46).
Zaxira:12. Akmal Tursunboyev.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 18:46, 25.05.2017.
O'qildi: 3011 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.