Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

“Ular menga nisbatan hurmatsizlik qilishdi” - qanday qilib Dani Alves “Barselona” bilan janjallashib qoldi?

“Ular menga nisbatan hurmatsizlik qilishdi” - qanday qilib Dani Alves “Barselona” bilan janjallashib qoldi?

Baho:
+ | -

Yozda Dani Alves “Barselona”ni tark etib, erkin agent sifatida “Yuventus” jamoasiga o‘tdi. Keyinchalik o‘yinchi “Kataloniya” rahbariyati unga nisbatan hurmatsizlik qilganini aytib o‘tdi. Taqdir taqozosi bilan Dani sobiq jamoasini Chempionlar ligasi yarim finalidan mahrum qildi.

Hayot hamisha kutilmagan narsalarni taqdim etishdan charchamaydi. Ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Futbol uchun esa bu alohida olam, o‘z qonunlari bor. Kutilmagan kambeklar, sensatsiyalar, ertaklar — bularning hammasini Jeymi Vardi avtobiografiyasida ko‘rib guvohi bo‘lishimiz mumkin.

Yaxshi kunlar abadiy emas, ayniqsa, bu futbolda juda yaxshi bilinadi. Oxirgi ikki o‘n yillik ichida futbol haqiqiy biznesga aylanib ulgurdi. Agar biznesingizni biron kim orqaga tortayotgan bo‘lsa, undan voz kechish kerak. Buning “Real” boshchiligida turgan Peres uslubi bilan guvohi bo‘lishimiz mumkin. Uning biznesi hamisha birinchi o‘rinda turishi kerak.

1968 yilda “Barselona” prezidenti Narkis de Karreras 4 banddan iborat qonun chiqaradi. Qonun erkinlik, birlashish, demokratiya va oila bandlaridan iborat edi. Oxirgi bandning mohiyati shundan iboratki, sobiq o‘yinchilar bo‘lmaydi, ular hamisha jamoa o‘yinchilari bo‘lib qolishadi. Buni Erik Abidal tarixiga nazar solib bilib olishimiz mumkin. 2009 yilda fransiyalik himoyachi o‘gir saraton kasalligiga chalinadi. Erikning gapi bo‘yicha, kasallik bilan kurashayotgan paytda, jamoadoshlari uni hamisha qo‘llab-quvvatlashgan, rahbariyat esa unga yangi shartnoma taklif qilgan. U sog‘lig‘ini tiklab olganidan so‘ng 2012/2013 yilgi mavsumda rahbariyat asta-sekin Abidalni jamoadan qo‘yib yubordi. Chunki uning jamoadagi vaqti tugagandi.

Dani Alves 2008 yilda “Barselona” jamoasiga kelib qo‘shildi va jamoa tarkida 300dan ziyod o‘yinda harakat qildi. Uning ishonchli o‘yini, Leo va Neymar bilan do‘stligi va bir-birlarini tushunishlariga havas qilmay iloj yo‘q edi. 2016 yilda Dani 33 yoshni qarshi oladi, shu paytda u rahbariyat bilan kelishmay qoladi. Shundan so‘ng “Yuve” jamoasiga tekinga o‘tadi. Nima uchun “Barselona” professional darajadagi o‘yinchini osonlik bilan qo‘yib yubordi? “Yuventus” ham nima qilayotganini juda yaxshi bilardi. O‘yinchida hali kuch bor edi.

Alves jamoani tark etganidan so‘ng ko‘p vaqt o‘tmay o‘z transferiga izoh berib o‘tdi: “Oxirgi uch yil ichida men juda ko‘p bor Alves ketyapti, degan gapni eshitdim. Ammo rahbariyat menga hech narsa aytmadi. Ular menga nisbatan hurmatsizlik qilishdi. FIFA jamoaga transfer cheklovi qo‘yganidan keyin menga yangi shartnoma taklif qilishdi”.

Men bir narsaga hayron bo‘lyapman. Alves jamoada ketma-ket bir necha mavsum bir maromda ishonchli o‘yin ko‘rsatib keldi. Bu hozirgi futbolda juda ham qiyindir. Leo Messi bilan bir necha yil bir-birini tushungan holda harakat qilishdi. Daniga hech bo‘lmaganda bir yillik shartnoma taklif qilishlari kerak edi. Mayli, Alves ketdi, keyin-chi? Janjalkash Vidaldan boshqa toza o‘ng qanot himoyachisi yo‘q. Qo‘lidan kelgancha harakat qilayotgan bo‘lsa-da, Serxi Roberto o‘z pozisiyasida o‘ynamayapti. Mabodo Serxi jarohat olib qolsa, uning o‘rnini bosuvchi hech kim yo‘q.

Qishda Aleks og‘ir jarohat olgach, Alves agenti o‘z xizmatlarini “Barselona”ga taklif qilgan, javob esa quyidagicha bo‘lgan: “Uning o‘zi ketishni istadi”. Taqdirmi yoki tasodifmi, bilmadim, Danida o‘z jamoasidan qasd olish imkoni paydo bo‘ldi. Braziliyalik himoyachi bundan ajoyib tarzda foydalandi.

2 oy jarohati tufayli maydonga chiqa olmagan bo‘lsa-da, Alves “Barsa” tarkibida harakat qilgan yillari kabi yuqori darajada o‘yin ko‘rsatmoqda. Jamoadoshlari uchun 30 ta golli vaziyat yaratib bergan. Chempionlar ligasida bu ko‘rsatkich 21 ta. Mazkur natija Neymarga ham tegishli. Biroq unutish kerak emaski, Dani himoyachi, Neymar hujumchi.

Chempionlar ligasida ikki do‘stlar bir-birlari bilan to‘qnash kelishdi. Danining oldiga juda katta muammo turardi. Chunki “Barselona” jamoasida eng tezkor va ko‘p aldab o‘tuvchi futbolchi aynan Neymar hisoblanadi. Alves va Junior duelida Alvesning qo‘li baland keldi.

Bularning hammasidan shunday xulosa qilishimiz mumkin, “Barselona” jamoasiga Dani Alves yetishmayapti. Jamoada o‘ng qanot huvillab qolgan. Bir savol qiynamoqda – nima uchun “Barselona” rahbariyati Alvesni osonlikcha qo‘yib yubordi? Bu savolning javobini faqatgina Dani va rahbariyatning o‘zlari bilishadi.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 11:08, 26.05.2017.
O'qildi: 18610 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.