Kirish Ro'yxatdan o'tish

Oskar Xitoy haqida: «U yerda juda katta pullar bor edi»

Oskar Xitoy haqida: «U yerda juda katta pullar bor edi»

Baho:
+1 | -

Braziliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Oskar 2017 yilda «Chelsi»dan «Shanxay Port» klubiga o‘tgani haqida gapirib o‘tdi.

«Albatta, o‘sha paytda u yerda juda katta pullar bo‘lganini hamma biladi. Lekin men u yerga bordim, chunki o‘sha vaqtda «Chelsi»da o‘yin amaliyotiga ega emasdim. Menda Yevropa klublariga o‘tish imkoniyati ham, Xitoy varianti ham bor edi. Menga juda katta, shunchaki hayratlanarli shartnoma taklif qilishdi. Biroq men uchun nafaqat pul muhim edi, balki yangi madaniyat bilan tanishishni ham istagandim.

Futbol o‘zgardi, hozir bu yaqqol sezilib turibdi. Neymar Saudiya Arabistoniga ketdi, Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema ham shunday qilishdi. Futbolda, agar senda juda yaxshi taklif bo‘lsa... Bu xuddi ish kabi, tushunyapsizmi? Albatta, men «Chelsi»da 20 yil o‘ynashni xohlardim, lekin ba’zan sen maydonga tushmaysan, ba’zan oilang yashayotgan shahridan norozi bo‘ladi, ba’zan esa murabbiy bilan kelisha olmaysan.

Ehtimol, men yana bitta Jahon chempionatida o‘ynashim, «Chelsi» uchun yana ko‘plab yaxshi o‘yinlar o‘tkazishim mumkin edi, lekin menimcha, o‘shanda to‘g‘ri qaror qabul qilganman.

Agar o‘sha paytda meni tanqid qilganlarning barchasiga shunday taklif tushganida, ular 100 foiz «ha» deb javob berishgan bo‘lardi. Bu tabiiy hol, bu — ish. Faqatgina hissiyotlarga berilmaslik kerak, o‘zing uchun qaysi qaror to‘g‘ri ekanligi haqida o‘ylashing lozim», — dedi Oskar.

Kiritildi: 14:36, 03.06.2026.
O'qildi: 1226 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик