Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Bundesliganing 2016/17 yilgi mavsumi ramziy terma jamoasi

Bundesliganing 2016/17 yilgi mavsumi ramziy terma jamoasi

Baho:
+ | -

Goal nashri yakuniga yetgan Germaniya Bundesligasi ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi. Tarkibning ko‘pchiligi albatta, Myunxenning “Bavariya”si a’zolaridan iborat.

2016/17 yilgi mavsumning ramziy terma jamoasi quyidagicha:

Darvozabon:

Oliver Bauman, (“Hoffenhaym”)

Bu mavsumda Bundesligadagi 100-o‘yinini ham nishonlagan “Hoffenhaym” posboni jamoasining 4-o‘rinda yakunlashiga munosib hissasini qo‘shdi. Bauman Bundesliga o‘yinlarida 113 seyvni amalga oshirdi va bu borada eng yaxshi ko‘rsatkichga ega.

Himoyachilar:

Sead Kolashinas (“Shalke 04”)

Yakuniga yetgan mavsumda 3 gol va 5 golli uzatmani amalga oshirgan Kolashinas bilan hozirda “Manchester Siti”, “Arsenal” va “Milan” jamoalari qiziqishmoqda. Chap qanot himoyachisi mavsumni yuqori saviyada o‘tkaza oldi.

Niklas Zyule (“Hoffenhaym”)

Jamoasi bilan birgalikda Bundesliga kashfiyotiga aylangan markaziy himoyachi kelasi mavsumdan “Bavariya”da Mats Hummelsga raqobatchilik qiladi. 2016/17-yilgi mavsumni qay tarzda o‘tkazganini shundan bilib olsak bo‘ladi.

Mats Hummels (“Bavariya”)

O‘zining ishonchli o‘yini bilan markaziy himoyadagi sherigi Jerom Boatengning yo‘qligini sezdirmadi. Hummels hali ham yuqori saviyadagi o‘yinini namoyish etishda davom etmoqda.

Filip Lam (“Bavariya”)

33 yoshli himoyachi raqib jarima maydonchasida jamoadoshlariga 884 marta to‘p yetkazib berdi. Bundesligadagi himoyachilar Lamdan o‘rnak olsa arziydi. Biroq, Lam katta futbol bilan xayrlashdi. Bu butun Germaniya futboli uchun ham katta yo‘qotish desak bo‘ladi.

Yarim himoyachilar:

Nabi Keyta (“Leypsig”)

Bundesligada katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Leypsig” jamoasi bunday natijalarga albatta o‘zining tayanch yarim himoyachisi Nabi Keyta hisobiga erishdi. Deku va Yaya Turelarning o‘yinidan zavq oladigan Keyta ular kabi maydon markazida serqirra o‘yinlarini namoyish etdi.

Tiago Alkantara (“Bavariya”)

Gvardioalaning ketganidan so‘ng o‘zini qayta o‘nglab olgan Tiago mavsum yakuniga ko‘ra 6 gol urgan bo‘lsada, 3110 marotaba jamoadoshlariga to‘p uzatgan. Bunday ko‘rsatkichga Bundesligadagi birorta futbolchi yaqinlasha olmagan.

Emil Forsberg (“Leypsig”)

8 gol va 18 golli uzatmani amalga oshirgan “Leypsig” a’zosi Yevropada eng yaxshi pleymeykerga aylandi. Mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazgan futbolchini ramziy termaga kiritmaslik noto‘g’ri bo‘ladi.

Aryen Robben (“Bavariya”)

Robben hali hamon “Bavariya”da yuqori saviyada to‘p surishda davom etmoqda. Bu mavsumda 12 gol va 7 golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan 33 yoshli Robben jamoasining g’alabalariga munosib hissasini qo‘shdi.

Usmon Dembele (“Borussiya”)

Ushbu mavsumda “Borussiya Dortmund”da bir qator iqtidorli yoshlar to‘p surishdi. Pulishich, Yulian Vaygl, Emre Mo‘r va Usmon Dembele. Usmon Dembele esa ular ichida eng yorqin o‘yinlarini namoyish eta oldi. Yevropaning grand jamoalari uni yozgi transfer mavsumidayoq qo‘shib olishsa ajab emas.

Hujumchi:

Robert Levandovski (“Bavariya”)

Ushbu mavsumda 30 gol va 4 golli uzatma oshirgan polshalik futbolching “Bavariya” libosida urgan gollari soni 100 dan oshib ketdi. Hujumchi Bundesliganing ba’zi jamoalaridan ham ko‘proq gol ura olgan.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 18:51, 26.05.2017.
O'qildi: 5681 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик