27 may kuni O‘zbekiston chempionatining 12-tur doirasida "Navbahor" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Har ikki jamoa a’zolari ham bo‘lajak o‘yinga munosib tarzda hozirlik ko‘rishga harakat qilganliklari bor gap. Bundan biroz vaqt oldin Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi “Markaziy” o‘yingohda o‘yin oldidan o‘tkazilgan so‘nggi mashg‘ulotni yakunladi. “Navbahor” esa mehmonlardan so‘ng mashg‘ulotlarga kirishdi. Navbatdagi o‘yin oldidan har ikki jamoa murabbiylari o‘zlari istagan barcha futbolchilar xizmatidan foydalana olishmaydi.
Mezbonlardan esa besh nafar o‘yinchini maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘lib ulgurgan. Abbos Otaxonov va Ravshan Xursanov O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan. Otaxonov terma yig‘iniga bormagan bo‘lsa, Xursanov Haydarov boshchiligidagi jamoa yig‘iniga qo‘shildi. Mirzohid G‘ofurov sariq kartochkalari soni to‘rttaga yetganligi bois bahsni o‘tkazib yuborsa, G‘iyos Komilov jarohatdan to‘la forig‘ bo‘lib ulgurmagan. Oybek Qilichev va Alisher Samatov oldingi uchrashuvlarda olingan qizil kartochkalar tufayli diskvalifikasiya muddatini o‘tashmoqda.
“Bunyodkor”ning bir qator futbolchilari Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining kengaytirilgan tarkibidan o‘rin olgandi. Yakunda terma yig‘inida Dilshod Hamroyev, Sardor Azimov va Xurshid G‘iyosov qatnashadigan bo‘lishdi. Aynan shu sababli ushbu futbolchilar Namanganga kelmadi. “Qaldirg‘ochlar” tarkibida diskvalifikasiyasi bor o‘yinchilar yo‘q.
Oliy liga tarixida ushbu jamoalar o‘zaro 20 marotaba duch kelishgan. 15 ta o‘yinda "Bunyodkor" "lochinlar"ni mag‘lub etgan. Namanganliklar ikki o‘yinda g‘alabani qo‘lga kiritishgan. Uchta uchrashuvda g‘olib aniqlanmagan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 43:10, "qaldirg‘ochlar" foydasiga. “Bunyodkor” Toshkentda o‘tkazilgan barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozongan.
"Navbahor" o‘z maydonida o‘tkazilgan to‘qqiz o‘yinning beshtasida toshkentliklarga mag‘lub bo‘lgan, ikki marta durang kuzatilgan va ikki bor raqib ustidan muvaffaqiyat qozongan. O‘tgan yilgi mavsum so‘nggida Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvda “Navbahor” raqib maydonidagi ilk ochkoni qo‘lga kiritgan. “Qaldirg‘ochlar” maydonidagi so‘nggi o‘yindagi ochko yakunda “Navbahor”ni oliy ligadagi o‘rnini saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgandi.
Jamoalarning oliy ligadagi o‘zaro o‘yinlari
2007 yil
"Quruvchi" - "Navbahor" - 3:1.
Gollar: V.Karpenko (15, 84), V.SHishelov (24) - V.Baranov (42).
"Navbahor" - "Quruvchi" - 1:4.
Gollar: D.Jabborov (89) - I.Mo‘minjonov (26, 59,63), V.Karpenko (54).
2008 yil
"Quruvchi" - "Navbahor" - 1:0.
Gol: U.Baqoyev (24).
"Navbahor" - "Bunyodkor" - 1:1.
Gollar: I.Boydedayev (60) - V.Karpenko (54).
2009 yil
"Bunyodkor" - "Navbahor" - 6:0.
Gollar: X.Vilyanueva (13,16), Rivaldo (24, 40), S.Jeparov (57), A.Soliyev (90+2).
"Navbahor" - "Bunyodkor" - 0:3.
Gollar: X.Vilyanueva (64), Rivaldo (67), T.Kapadze (89).
2010 yil
"Navbahor" - "Bunyodkor" - 1:2.
Gollar: D.SHarofiddinov (90+3 pen.) - A.Ismoilov (59), T.Kapadze (75).
"Bunyodkor" - "Navbahor" - 2:0.
Gollar: V.Karpenko (37), T.Kapadze (69).
2011 yil
"Bunyodkor" - "Navbahor" - 1:0.
Gol: M.Trifunovich (2).
"Navbahor" - "Bunyodkor" - 1:0.
Gol: A.Mahmudov (34).
2012 yil
"Navbahor" - "Bunyodkor" - 2:1.
Gollar: A.Fomenko (25,51) - R.Melziddinov (4) .
"Bunyodkor" - "Navbahor" - 1:0.
Gol: K.Murzoyev (90+2).
2013 yil
"Navbahor" - "Bunyodkor" - 0:3.
Gollar: Q.Mahamadjonov (32-avtogol), O.Pishur (72-pen.), L.To‘rayev (89).
"Bunyodkor" - "Navbahor" - 5:0.
Gollar: S.Rashidov (2), A.Berdiyev (15), A.G‘ofurov (63), I.Taran (74, 89).
2014 yil
"Bunyodkor" - "Navbahor" - 3:0.
Gollar: V.SHodiyev (58), S.Rashidov (90), O.Pishur (90+2).
"Navbahor" - "Bunyodkor" - 0:0.
2015 yil
"Bunyodkor" - "Navbahor" - 2:1.
Gollar: A.G‘ofurov (56), D.Hamdamov (70) - S.SHixov (88).
"Navbahor" - "Bunyodkor" - 0:1.
Gol: S.Minori (87).
2016 yil
"Navbahor" - "Bunyodkor" - 1:3.
Gollar: D.Jabborov (22) - O.Pishur (4-avtogol), SH.Nurmatov (24), E.SHomurodov (67).
"Bunyodkor" - "Navbahor" - 1:1.
Gollar: D.Hamdamov (72-pen.) - A.Abdullayev (30).