Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Kichik Ronaldu o‘z otasi kabi aqlli

Kichik Ronaldu o‘z otasi kabi aqlli

Baho:
+2 | -

Yaqinda Krishtianu Ronalduning «Posuelo» futbol maktabida shug‘ullanayotgan o‘g‘li «xet-trik» qayd etdi. Bu haqda uning otasi xabar tarqatdi. Sports.ru shu bahona mashhur yulduzning zurriyodi bilan bog‘liq ma’lumotlarga e’tibor qaratishni ma’qul ko‘rdi. Xo‘sh, kichik Krishtianu haqida nimalar bilamiz?

Ronaldu-junior 2010 yilning 17 iyun kuni tavallud topgan. Uning dunyo yuzini ko‘rishi ko‘pchilik uchun kutilmagan voqeaga aylangandi: birinchidan, katta Ronaldu ota bo‘lishi haqida ogohlantirmagandi, ikkinchidan esa, Krishtianuning farzandli bo‘lgani ikki haftadan keyingina futbolchining rasmiy saytida oshkor etildi. Bularning bari shunchalik tez ro‘y berdiki, dastavval voqeani xakerlarning uydirmasiga yo‘yildi. Boz ustiga, yangilik tez orada o‘chirib yuborildi.

Ammo ko‘p o‘tmay Ronaldu tashabbusni qo‘lga olib, ota bo‘lganini tasdiqladi. Shu kunlarda OAV Krishtianu va Irina Sheykning unashtirish marosimi haqida bong ura boshlagandi. Darhaqiqat, JARdagi jahon chempionatida portugaliyalik yulduzning barmog‘ida nikoh uzugi bor edi. Rossiyalik model «Feysbuk»dagi sahifasida homilador emasligi, shunchaki, qallig‘i endilikda farzandli ekanligini aytdi-qo‘ydi.

Bola AqShda tug‘ildi, ammo Ronalduning vakillari darhol zarur hujjatlarni rasmiylashtirib, chaqaloqni futbolchining Algarve (Portugaliya)dagi villasiga olib kelishdi. Ota farzandini Krishtianu deb nomladi, katta oila esa bu qarorni to‘liq ma’qulladi.

Albatta, ko‘pchilikni chaqaloqning volidasi kim ekanligi qiziqtirardi. Futbol afsonasining farzandini qornida ko‘tarib yurishga rozi bo‘lgan surrogat onaning shaxsi o‘ta maxfiy tutildi. Ronaldu o‘sha ayolning o‘zi ommaga ko‘rinmaslikni ma’qul ko‘rayotgani haqida gapirishiga qaramay, ushbu sukut ortida shartnomadagi kelishuv hamda mo‘maygina pul yotganini anglash qiyin emasdi. Krishtianu shaxsiy hayotining daxlsizligini saqlashga jiddiy qaraydi. Ayniqsa, farzandining tug‘ilishi bilan bog‘liq ikir-chikirlarga kelganda, oilaviy sirlarining kichik detallari ham ommaga oshkor etilmasligini ochiq-oydin ta’kidlaydi. Bu haqda futbolchining avtobiografiyasida o‘qish mumkin.

Xullas, uzunquloq gaplarga qaraganda, kichik Krishtianuning onasi floridalik bo‘lib, uning gonorari (sukut saqlagani uchun bonusni ham qo‘shganda) turli manbalarda 12dan 20 mln. dollargacha ko‘rsatilgan. Portugaliyalik yulduzning yaqin qarindoshlaridan hech biri surrogat onani umuman ko‘rishmagan.

Ronaldu farzandidan onasining kimligini umrbod yashirmoqchi emas. «O‘g‘lim ulg‘aygach, meni tushunmasligi borasida zarracha xavotirga o‘rin yo‘q. 100 foizga ishonchim komilki, fikrimiz bir joydan chiqadi. Vaqti kelganda, unga barchasi haqida ochiq-oydin aytaman. Bu voqea ro‘y berganda zurriyodim necha yoshga to‘lgan bo‘ladi, bilmayman - 10, 11 yoki 12. Shunchaki, kutamiz».

Krishtianu uchun o‘g‘lining tushunishi muhimroq: uning boyligi - tinimsiz mehnatlar mahsuli. Farzandini dang‘illama uyda, qimmatbaho avtomobillar va boshqa hashamlar qarshisida tarbiyalayotgan futbolchi ushbu mulk­larning hech biri osmondan tushmagani, u bilan tengligida hech vaqosi bo‘lmaganini bot-bot ta’kidlaydi.

Katta Ronaldu o‘g‘lining imkon qadar moddiy boyliklarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishini ta’minlashga urinmoqda. «Real» hujumchisi farzandiga ko‘p vaqt ajratolmaydi, shu bois bolakayning tarbiyasiga buvisi Mariya Dolores hamda ikki xolasi mas’ullar. Ota uyga kelganda esa, «Instagram»dagi sahifa o‘g‘li bilan tushgan rasmlarga to‘ladi.

Ronalduning otalik muhabbati zamirida farzandini bolalik qiyinchiliklaridan xalos etish yotadi. Zero 32 yoshli futbolchining o‘zi hayotning shunday chig‘iriqlaridan o‘tgan, piyanista ota boshliq qashshoq oilada voyaga yetgandi. Umuman, kichik Krishtianu mutlaqo boshqa qi­yinchiliklarga yo‘liqmoqda. Ayrim tengdoshlari jahonning eng yaxshi o‘yinchisi Ronaldu emas, balki Lionel Messi ekanini aytib, uning jahlini chiqarishadi. «U bu kabi holatlardan chiqishni yaxshi biladi. Chunki farzandim otasi kabi aqlli», - deya vaziyatga izoh berdi portugaliyalik yulduz.

O‘tgan yilning dekabrida bosma nashrlarda egniga Antuan Grizmanning futbolkasini kiygan kichik Ronalduning suratlari chop etildi. Mazkur ko‘rinish nimani anglatishi, buning uchun otasidan dakki eshitdimi, yo‘qmi, aniqlashning iloji bo‘lmadi.

Yulduz futbolchining farzandi uyi atrofidagi maysazorda to‘p tepishni xush ko‘radi. Mabodo, unda professional futbolga ishtiyoq tug‘ilmasa, otasi oliy ma’lumot olishiga ko‘maklashadi. Krishtianu o‘g‘lining top darajadagi futbolchi bo‘lishini orzu qiladi, ammo tarbiya berish chog‘ida o‘z ota-onasi qo‘llagan usulga tayanishni ma’qul ko‘radi. Chunki ular kasb tanlash masalasida unga bosim qilishmagandi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:20, 27.05.2017.
O'qildi: 13774 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.