Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Otabek Narzullayev: «Nihoyat, o‘z o‘yinimni topganga o‘xshayman»

Otabek Narzullayev: «Nihoyat, o‘z o‘yinimni topganga o‘xshayman»

Baho:
+ | -

«Sho‘rtan»-«Bunyodkor» jamoalari o‘rtasidagi tomoshabop uchrashuvda qozonilgan g‘alaba(1:0)dan so‘ng, mezbonlar safida o‘zining ajoyib mavsumlaridan birini o‘tkazayotgan, mazmunli o‘yinlari bilan muxlislarda iliq taassurot qoldirayotgan chap qanot hujumkor yarim himoyachisi Otabek Narzullayevni suhbatga tortib, turli mavzudagi savollarimizga javob oldik.

- Otabek, «Sho‘rtan» joriy mavsumni ko‘tarinki ruhda boshladi, o‘yinlar davomida yuqori o‘rinlar uchun kurasha olishini isbotlayapti. Jamoangizning ishonchli ishtirokiga nima sabab bo‘lyapti, deb o‘ylaysiz?

- To‘g‘ri aytasiz, «Sho‘rtan» chindan ham ancha mazmunli o‘yinlar o‘tkazmoqda. Tarkibimizdagi futbolchilarning g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqlari baland. Har bir bahsda faqat uch ochko ilinjida maydonga chiqyapmiz. Ishonchli harakatlarimizning sababi oddiy - biz bir jamoamiz. Klubimiz sha’nini munosib himoya qilishni birinchi galdagi burchim, deb hisoblayman.

- Asosan chap qanot yarim himoyasida harakat qilasiz, qarshi hujumlarda faollikni oshirasiz. Ayniqsa, bunga o‘z maydoninglarda o‘tkazilgan ikki muhim bahs, ya’ni «Lokomotiv» va «Bunyodkor» jamoalariga qarshi kechgan o‘yinlarda guvoh bo‘ldim. Standart vaziyatlarni ijro etish ham sizga ishonib topshirilmoqda. Xususan, «Bunyodkor»ga qarshi kechgan bahsda shunday holatda Umar Eshmurodovning goliga assistentlik qildingiz...

- Darhaqiqat, «Sho‘rtan»ning aksariyat hujumlari qanotlardan uyushtiriladi. Muxlislar hujumkor futbolni xush ko‘rishadi. Murabbiyimiz aytganidek, tezkor o‘yin faollikni talab qiladi. Bizning o‘z uslubimiz, jamoaviy o‘yinimiz bor. qolaversa, taktik jihatdan ham ancha o‘sish kuzatilmoqda.

- O‘yiningiz aql bovar qilmas darajada yaxshilandi. Buni o‘zingiz ham his qilyapsizmi?

- Albatta, sezyapman. Nihoyat, asl o‘yinimni topganga o‘xshayman. Mazkur holat o‘z kuchimga bo‘lgan ishonchning ortishi bilan bog‘liq. Bu narsa har bir futbolchi uchun juda zarur. Chunki ishonch qanchalik yuqori bo‘lsa, hattoki, harakatlaring qovushmagan yoki bir maromni ushlashda qiyinchilikka duch kelgan paytlarda ham o‘z saviyangizni saqlab qolishga imkoniyat tug‘iladi.

- «Bunyodkor»ga qarshi kechgan uchrashuv haqida to‘xtalib o‘tsangiz?

- O‘yin og‘ir o‘tishini avvaldan his qilib turgandik. Raqib jamoa safida yosh va iqtidorli futbolchilar yig‘ilgan. Har ikki klubga g‘alaba juda zarur edi. Shu bois jamoalar maydonga kuchli ishtiyoq bilan tushishdi. Xayriyatki, shiddatli uchrashuvda birgina imkoniyatdan foydalanib, yakunda g‘alabaga erishdik.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:31, 27.05.2017.
O'qildi: 2758 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.