Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Barselona» Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi

«Barselona» Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi

Baho:
+2 | -

Madriddagi «Visente Kalderon» stadionida Ispaniya kubogi final bahsi bo‘lib o‘tdi. Ispaniya Li ligasi va Yevropa chempionlar ligasida muvafaqiyatsizlikka uchragan «Barselona» ispaniya kubok finalida «Alaves»ni mag‘lub etdi.

Basklar chempionatda 9-o‘rinni band etgan bo‘lsalar-da, "Barsa"ga keskin qarshilik ko‘rsatish va mavsumni sovrin bilan yakunlashga jiddiy ahd qilishgandi. Shu bois, ular o‘yin boshidanoq qo‘pol o‘yindan o‘zlarini tiyib o‘tirishmadi.

"Ko‘k-anorranglilar" katta tashabbusga ega bo‘lgan bo‘lsalar ham, bahsning 27-daqiqasida "Alaves" hisobni ochishga juda yaqin keldi. Pikening xatosidan keyin Deyverson to‘pni egallab olib, jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. To‘p Sillessenning qo‘li orqali ustunga tegdi va darvoza chizig‘i bo‘ylab dumalagancha, narigi ustun yonidan o‘tdi. "Alaves" futbolchisi to‘pni egalladi va o‘tkir burchak ostida noaniq zarba berdi.

Oradan 3 daqiqa o‘tib, kataloniyaliklar hisobni ochishdi. Faoliyatidagi 700-rasmiy o‘yinida ishtirok etayotgan Messi chiroyli gol muallifiga aylandi. Argentinalik futbolchi Neymar bilan "devor" o‘ynab oldi va 16 metrdan chap oyoqda zarba berib, to‘pni darvozaga joyladi!

Oradan yana 3 daqiqa o‘tib hisob tenglashdi. Teo Ernandes jarimadan zarba berdi va olis "to‘qqizlik"ka to‘pni "mixladi"! Bu gol Messining golidan chiroy borasida aslo qolishmadi. 1:1.

Birinchi bo‘lim so‘ngida Enrike shogirdlari bir emas, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Messi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Gomeshga uzatma berdi. Andrening pasidan keyin 2-3 metrdan bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Messi o‘ng qanotdan yurishni amalga oshirdi, u bir necha himoyachilardan o‘tib ketib, jarima maydonchasida ochilgan Alkaser pas berdi. Pako birga-bir vaziyatni ko‘kka sovurmadi.

"Barselona" ikkinchi 45 daqiqalikni nisbatan xotirjamroq o‘tkazdi. "Alaves" futbolchilari esa o‘zlari yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olishmadi.

Shu tariqa, "Barelona" mavsumni Ispaniya kubogi sovrini bilan yakunlaydigan bo‘ldi. "Ko‘k-anorranglilar" uchun bu qo‘lga kiritilgan 29-Qirol kubogi bo‘ldi. Shuningdek, jamoa ketma-ket 3 mavsumdan beri sovrinni hech kimga bermayapti.

Ispaniya kubogi, final
BARSELONA - ALAVES 3:1
28 may, 00.30, «Visente Kalderon»
Gollar: 1:0 – 30 Messi, 1:1 – 33 Teo, 2:1 – 45 Neymar, 3:1 – 45 Pako Alkaser.
Barselona – Sillessen, Umtiti, Pike, Alba, Maskerano (Andre Gomesh, 11), Rakitich (Aleish Vidal, 83), Buskets, Inyesta, Neymar, Messi, Pako Alkaser.
Alaves – Pacheko, Eli, Feddal, Teo (Romero, 79), Vigaray, Markos Lyorente, Femeniya, Manu Garsiya, Mendes (Kamarasa, 59), Ibai Gomes (Sobrino, 60), Deyverson.
Ogohlantirishlar: Mendes (16), Manu Garsiya (39), Umtiti (42), Eli (49), Sobrino (76), Messi (76), Inyesta (76), Deyverson (88).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:30, 28.05.2017.
O'qildi: 10037 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.