Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Ketma-ket YECHLni yutishni «Real» uddalaydimi?

Ketma-ket YECHLni yutishni «Real» uddalaydimi?

Baho:
+ | -

Bu sarlavhaning davomi sifatida "Yuve" va Buffonga nihoyat YECHL g‘olibligi nasib etadimi?" deb qayd etsak xato bo‘lmaydi. Chunki "Real" ham, "Yuventus" ham YECHLni yutishni juda-juda xohlashmoqda. Biri nihoyat bosh sovrinni ketma-ket yutishni istayotgan bo‘lsa, birovi esa YECHL finallaridagi omadsizliklarga nihoyat nuqta qo‘ymoqchi.

Ko‘hna qit’aning birinchi raqamli musobaqasida ketma-ket g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar anchagina. Masalan, "Real"ning o‘zi qatorasiga 5 marta bu sovrinni o‘ziniki qilgan. Keyinchalik "Benfika", "Inter", "Ayaks", "Bavariya", "Liverpul", "Nottingem Forest", "Milan" kabi jamoalar bu musobaqada ketma-ket g‘alaba qozonishni uddalashgan.

1989/1990 yillar mavsumida "Milan" qatorasiga 2 marta YECHL bosh sovrinini yutdi. Ana shundan beri hech bir jamoaga ketma-ket g‘oliblik nasib etmayapti. 1994 yilda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan "Milan" bir yil o‘tib, finalda "Ayaks"ga yutqazdi. Oradan bir yil o‘tib finalda "Ayaks"ga Italiyaning boshqa bir grandi- "Yuventus" ro‘baro‘ keldi. "Keksa sinyora" amaldagi g‘olibni ketma-ket sovrin yutishiga imkon bermadi. Oradan yana bir mavsum o‘tib bu safar "Yuventus"ga ketma-ket g‘oliblik nasib etishi mumkin edi. Ammo finalga qadar barcha raqiblarni ishonchli tarzda mag‘lub etib kelgan "Yuve"ni bu safar Dortmundning "Borussiya"si to‘xtatib qoldi.

Ana shunday qilib bir yil oldin bosh sovrinni o‘ziniki qilgan jamoaga bu yilisiga finalda juda qiyin bo‘lyapti. "Yuventus" shu paytga qadar 8 marta YECHL finalida o‘ynagan. Shundan 6 tasini boy bergan. Yana bitta qiziq fakt: "Yuventus" g‘olib bo‘lgan yillarida "Liverpul" va "Ayaks"ni yutgan. Agar "Liverpul" va "Ayaks" o‘shanda "Yuve"ni mag‘lub etishganda, ular bosh sovrinni ketma-ket yutardilar. Ana endi "Real" ham YECHLning amaldagi g‘olibi sifatida "Yuve"ga qarshi maydonga tushmoqda. Ko‘ramiz, "Real" "Liverpul" va "Ayaks" uddalay olmagan vazifani uddalay olarmikan.

Bu jamoalar, ya’ni "Real" va "Yuventus" 1998 yil YECHL finalida o‘zaro to‘qnash kelishdi. O‘shanda "Yuventus"ning yetakchilaridan biri sifatida maydonda to‘p surgan fransiyalik Zineddin Zidan ayni damda "Real"ni bosh murabbiy sifatida maydonga boshlab tushadi. Sobiq jamoasiga qarshi Zidan qanday usullar o‘ylab qo‘ygan ekan?

1998 yilgi final haqiqatan ham shiddatli kechdi. Jamoalar maydonning har bir qarich yeri uchun kurash olib borishdi. 32 yil muqaddam YECHLni oxirgi marta yutgan "Real" baribir maqsadiga yetdi. 66-daqiqada braziliyalik Roberto Karlosning sehrli zarbasi rekoshet holatidan to‘g‘ri "Real" hujumchisi Predrag Miyatovichning oyog‘iga kelib tushdi. Serbiyalik futbolchi osongina darvozabonni aldab o‘tib, darvozani ishg‘ol qildi. O‘shanda kimlar maydonga tushgani bilan tanishing:

YECHL-2017/2018, final
Amsterdam. "Amsterdam Arena", 20.05.1998 y. 48 500 tomoshabin
"Real" Madrid - "Yuventus"- 1:0
Gol: Miyatovich (66)
Hakam: Gelmut Krug (Germaniya)
"Real Madrid": 25.Bodo Illgner, 17.Kristian Panuchchi, 5.Manuel Sanchis (S), 4.Fernando Yerro, 3.Roberto Karlos, 6.Fernando Redondo, 27.Kristian Karambyo, 10.Klarens Zeedorf, 7.Raul (11.Xose Emilio Amaviska 90), 15.Fernando Moryentes (16.Xayme 82), 8.Predrag Miyatovich (9 Davor Shuker 89).
Zaxiradagilar: 1.Santyago Kanisares, 19.Fernando Sans, 20.Savio, 18.Viktor Sanches del Amo
Bosh murabbiy: Yupp Xaynkes
"Yuventus": 1.Anjelo Perussi (S), 3.Moreno Torrichelli, 4.Paolo Montero, 15.Mark Yuliano, 7.Anjelo Di Livio (20.Alessio Takkinardi 46), 22.Janluka Pessotto (18.Daniel Fonseka 71), 14.Didye Desham (8.Antonio Konte 78), 26.Edgar Davids, 21.Zayniddin Zidan, 9.Filippo Indzagi, 10.Alessandro Del Pyero.
Zaxiradagilar: 12.Mikelanjelo Rampulla, 6.Dimash Teysheyra, 15.Alessandro Birindelli, 16.Nikola Amoruzo
Bosh murabbiy: Marchello Lippi

O‘sha finaldan keyin bu jamoalar yana 4 martadan YECHL o‘yinlarida bir-biriga qarshi maydonga tushishdi. Madridning "Real" jamoasi uchun noqulay raqib bo‘lgan "Yuventus" bu o‘yinlarning 3 tasida g‘alaba qozondi. Shuningdek, "Yuventus" ketma-ket 4 ta finaldan beri imkoniyatni boy bermoqda. "Real" esa 1998 yilgi finaldan keyin yana 4 marta bu musobaqada g‘alaba qozondi. Endi esa deyarli uddalab bo‘lmaydigan vazifa — YECHLni ketma-ket yutish vazifasini uddalashi kerak. Nima bo‘lganda ham Ispaniya va Italiyaning joriy yildagi chempionlari o‘rtasida ajoyib finalni ko‘rishimiz aniq. "Milleneum"da ko‘rishguncha ...

Safarali Siddiqov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:46, 29.05.2017.
O'qildi: 14527 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.