Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Suhrob Berdiyev: “Maqsadim yakunda to‘purarlar ro‘yxatida bo‘lish”

Suhrob Berdiyev: “Maqsadim yakunda to‘purarlar ro‘yxatida bo‘lish”

Baho:
+ | -
“Qo‘qon-1912” jamoasining hujumkor yarimhimoyachisi, mavsum to‘purarlaridan biri Suhrob Berdiyev bizni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

– Suhrob jamoani bu qadar muvafaqiyati odimlashiga nima sabab deb o‘ylaysiz?

– Avvalombor barcha muxlislarimizni qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan tabriklayman. Jamoamizni bu yilgi mavsumda yuqori o‘rinlarda ketayotgani bu avvalo mavsumga tayyorgarlikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi bo‘lsa ikkinchi tomoni jamoamizdagi ahillikda deb o‘ylayman. Murabbiylarimiz bizni har bir o‘yinga jismoniy va psixologik tomonlama to‘g‘ri tayyorlay olganlarini natijasi bizni yutuqlarimizning yana bir omili bo‘lmoqda.Jamoada hamma bir oiladekmiz, qolaversa muxlislarimizning ajoyib qo‘llab-quvvatlashlari ham  hozirgi kunda turnir jadvalida yuqori o‘rinlarda turishimizga sabab bo‘lmoqda.

– O‘yinlarga tayyorgarlik jarayoni haqida ham gapirib bersangiz?

– Murabbiylarimiz har bir o‘yinga o‘sha jamoaning o‘yiniga qarab turli taktik sxemalarni bizga o‘rgatib kelishmoqda. Bosh murabbiyimiz tezkor va hujumkor futbolni yaxshi ko‘radilar va bizni ham shunga o‘rgatmoqdalar. Natija esa ko‘rib turganingizdek yomon emas.

– Jamoada o‘zingizni o‘rningiz , bu yilgi maqsadlaringiz haqida ham aytib o‘tsangiz?

– Futbol bu jamaoviy o‘yin. Hamma bir maqsad yo‘lida birlashsagina bir maqsadga erishish mumkin bo‘ladi. O‘z oldimga qo‘ygan maqsadim jamoamga maksimal darajada foydam tegishi uchun bor kuch-g‘ayratimni ayamaymaslik. Murabbiy va muxlislarimizning oldida, har bir o‘yinda  yorug‘ yuz bilan maydonni tark etsam  deyman.Har bir futbolchi gol urishni xoxlaydi. Men ham iloji boricha ko‘proq gol kiritish va ko‘proq golli uzatmalarni amalga oshirishni maqsad qilganman. Mavsum yakunida to‘purarlar ro‘yxatida bo‘lish zng katta maqsadim.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 11:19, 29.05.2017.
O'qildi: 2686 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.