Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

O‘zbekiston kubogida Mirjalol Qosimov va Vadim Abramov jamoasi to‘qnash keladi

O‘zbekiston kubogida Mirjalol Qosimov va Vadim Abramov jamoasi to‘qnash keladi

Baho:
+ | -

31 may kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining chorakfinaliga yo‘llanma olgan barcha klublar nomiga oydinlik kiritildi hamda yarimfinal yo‘lida kurash olib boradigan juftliklar nomi aniq bo‘ldi.

Unga ko‘ra, G‘uzorning «Sho‘rtan» klubiga ikki uchrashuvda javobsiz 5 ta gol urgan Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi «Bunyodkor» Farg‘onaning «Neftchi» klubi bilan raqobat hosil qiladigan bo‘ldi. Qayd etish kerak, «Neftchi» bugun — 1 iyun kuni Vadim Abramovning qo‘liga o‘tgani borasida xabar chiqdi.

Kubokning amaldagi egasi «Lokomotiv» yarim final yo‘lida Ulug‘bek Baqoyevning «Buxoro»si bilan bellashadi. «Nasaf» esa «Qo‘qon—1912»ga qarshi kurash olib boradi.

Chorak finalning birinchi uchrashuvlari 30 iyun kuni, javob bellashuvlari esa 26 iyul sanasida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston kubogi
Chorakfinal
30 iyun, juma

«Lokomotiv» — «Buxoro»
«Qo‘qon—1912» — «Nasaf»
«Dinamo» — «Mash’al»
«Neftchi» — «Bunyodkor»

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:58, 01.06.2017.
O'qildi: 4972 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик