Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Pavlyuchenko: "Braziliyalik rus futbolchisini urib tursa - bunga chidab bo‘lmaydi"

Pavlyuchenko: "Braziliyalik rus futbolchisini urib tursa - bunga chidab bo‘lmaydi"

Baho:
+ | -

Moskvaning "Ararat" klubi hujumchisi Roman Pavlyuchenko Rossiya kubogi finalidan so‘ng "Lokomotiv" hujumchisi Ari haqida aytgan so‘zlariga izoh berdi.

- Keling, tasavvur qilib ko‘raylik: bir haftadan keyin "Ararat"ga Ari keladi. Sizning munosabatingiz?

- U bu yerga kelmaydi. Agar kelsa - men bu yerda bo‘lmayman.

- Rossiya kubogi finalidan so‘ng u haqida faqat bir jumlani takror va takror aytdingiz. Nima uchun to‘xtay olmadingiz?

- Balki boshqa jumla tanlashim kerak bo‘lgandir, ammo biroz qo‘polroq chiqdi. Ammo takror vaziyatni ko‘rganimda, achchig‘im chiqib ketdi. Agar men "Tottenhem"da angliyalik futbolchini urganimda, futbol federasiyasi darhol meni uyga jo‘natib yuborgan bo‘lar edi. Shuning uchun bunga chidolmayman: braziliyadan kelib, rus futbolchisini urarmish. Ruslar mushtlashganida, normal munosabat bildirgan bo‘lardim. Ammo braziliyalikning rusni urib turishi - normal emas. Odam bizning mamlakatimizga kelarkan, pul ishlab toparkan, ammo huquq talab qilib, futbolchini urarkan. Albatta, uyat so‘zlarni ishlatganim noto‘g‘ri bo‘ldi, - deydi Pavlyuchenko.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 01:52, 02.06.2017.
O'qildi: 7492 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик