Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/03 01:00 Barselona 3-0 Osasuna
28/03 16:45 Qizilqum 1-3 OKMK
28/03 19:30 Navbahor 2-2 Andijon
28/03 20:00 Bunyodkor 3-1 Surxon
29/03 18:00 Real Sosyedad 2-1 Valyadolid
29/03 18:30 Nasaf 0-0 Neftchi
29/03 19:00 Venetsiya - Bolonya
29/03 19:00 Komo - Empoli
29/03 20:00 Mash’al 0-0 So‘g‘diyona
29/03 20:15 Espanyol - Atletiko
29/03 20:30 Paxtakor 0-0 Dinamo
29/03 22:00 Yuventus - Jenoa
29/03 22:30 Alaves - Rayo Valyekano
30/03 00:45 Lechche - Roma
30/03 01:00 Real Madrid - Leganes
30/03 15:30 Kalyari - Monsa
30/03 17:00 Xetafe - Vilyarreal
30/03 18:00 Fiorentina - Atalanta
30/03 19:15 Barselona - Jirona
30/03 21:00 Inter - Udineze
30/03 21:30 Valensiya - Malyorka
30/03 23:45 Napoli - Milan
31/03 00:00 Betis - Sevilya

Oksana Chusovitina Xalqaro gimnastika shuhrat zaliga kiritildi

Oksana Chusovitina Xalqaro gimnastika shuhrat zaliga kiritildi

Baho:
+ | -

Dunyo sport gimnastikasining tirik afsonasi, Olimpiya o‘yinlarining yetti karra ishtirokchisi, Barselona-1992 Olimpiya o‘yinlari chempioni Oksana Chusovitina Xalqaro gimnastika shuhrat zalidan o‘rin oldi. Tantanali marosim AQSHning Oklaxoma shtatida bo‘lib o‘tdi. Chusovitina bilan birgalikda shuhrat zalidan shuningdek, yaponiyalik Syun Fudzimoto, amerikalik Alisiya Sakramone va rossiyalik Aleksey Nemovlar ham o‘rin egallashdi.

E’tiborlisi, Oksana professional faoliyatini tugatmasdan turib shuhrat zalidan o‘rin olgan birinchi gimnastikachi bo‘lib tarixga kirdi. AQSHda joylashgan Xalqaro Gimnastika shuhrat zaliga bunga qadar jami 22 ta mamlakatdan 91 nafar sportchi kiritilgan bo‘lib, hamyurtimizdan tashqari boshqa barcha sportchilar faoliyatlarini yakunlaganlaridan so‘ng bunday yuksak e’tirofga sazovor bo‘lishgandi.

Oksana Chusovitina o‘tgan yilning noyabr oyida sport gimnastikasi tarixida yettita Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan birinchi ayol gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgandi. Faoliyati davomida Chusovitina uch karra jahon chempioni, Yevropa chempioni, Osiyo o‘yinlari chempionligi bilan birgalikda Barselona-1992 Olimpiya o‘yinlarida oltin, Pekin-2008 Olimpiya o‘yinlarida esa kumush medallarga sazovor bo‘lgan.

Shu yilning o‘zida Oksana Baku (Ozarbayjon) va Doxa (Qatar) shaharlarida bo‘lib o‘tgan jahon kubogi bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Ozarbayjon poytaxtida tashkil etilgan IV “Islom birdamlik o‘yinlari”da oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ayni paytda yurtdoshimiz o‘zining 42 yoshida joriy yilning oktyabr oyida Kanadaning Monreal shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga hozirlik ko‘rmoqda. Unga qadar Chusovitina sentyabr oyida Vengriya va Fransiyada bo‘lib o‘tadigan va Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etadigan jahon kubogi bosqichlarida ishtirok etadi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi, “Mehnat Shuhrati” va “Do‘stlik” ordenlarining sohibi Oksana Chusovitina bilan xaqli ravishda faxrlanadi va unga kelgusi faoliyatida ham omad va muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:50, 02.06.2017.
O'qildi: 3530 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz