«Milan» darvozaboni Janluiji Donnarumma klub bilan yangi shartnoma imzolash haqidagi savolga javob berishdan qochdi.
«Shartnomani uzaytirish? Ko‘ramiz, ko‘ramiz» - dedi Donnarumma Tuttomercatoweb xabarida.
Avvalroq, 18 yoshli futbolchi yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2018 yilgacha mo‘ljallangan.