Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Massimiliano Allegri: «Yuventus» oltita finalda yutqazgan, biroq bu tarix»

Massimiliano Allegri: «Yuventus» oltita finalda yutqazgan, biroq bu tarix»

Baho:
+ | -

Bugun — 3 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibini aniqlab berish uchun Madridning «Real» hamda Turinning «Yuventus» klublari maydonga chiqib keladi.

Uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Massimiliano Allegri ishtirok etdi.

Turinliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri o‘zidan avval «Yuventus»da ishlagan Antonio Kontening ishini muvaffaqiyatli davom ettira oldi. Skudetto uning davrida ham A seriyaning «Yuventus»dan o‘zga klubiga nasib qilgani yo‘q. Uch yil ichida Chempionlar ligasi finaliga ikkinchi bor yetib kelish esa har qanday turinlikka manzur kelishi shubhasiz.

«Tinch va xotirjam o‘ynaymiz. Yil davomida aynan shuning ustida ishladik. Oson bo‘lmaydi, axir «Real» amaldagi chempion. Shu boisdan biz madridliklardan ko‘ra ko‘proq ishlashimiz kerak.

Bugun statistika hech qanday rol o‘ynamaydi. Bu final va u bitta o‘yindan iborat. Biz o‘z kuchimizga ishonishimiz va «Real»dan kuchliroq bo‘lishimiz kerak.

«Yuventus» oltita finalda yutqazgan deyayotganlar ko‘p. Biroq bu tarix. 15, 20 yoki 50 yil oldingi narsalarni eslashga hojat yo‘q. Bugun butkul yangi o‘yin bo‘ladi» - dedi Massimiliano Allegri.

Xuddi Zidan kabi Allegri ham finalda qanday tarkib harakat qilishini aytmadi. Aniqrog‘i, bu borada yakuniy qarorga kelmaganini bayon etdi. Shunday bo‘lsa-da, mutaxassis raqib safidagi tandem va o‘z vaqtida «Real» safida to‘p tepgan Gonsalo Iguain haqida jurnalistlar tomonidan berilgan savolga javob qaytardi.

«Beyl tezkorligi evaziga «Real»ga ko‘p narsa bera oladi. Isko esa ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda. U bor vaqtda «Real» kombinasiyalarini o‘qib olish qiyin bo‘ladi.

Iguain hech narsani isbotlashi shart emas. U Monakoda ikki muhim golni urdi. Endi finalda ham o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish etishiga ishonaman» - dedi Allegri.

Bundan yetti yil muqaddam Milanning «Inter» klubi Joze Mourinyo boshqaruvida butun Yevropani o‘ziga qaratgan va trebl qayd etgandi. Avvaliga Italiya kubogi, keyinroq skudetto va yakunda Chempionlar ligasi g‘olibligi. Bugun «Yuventus» ham shuning ostonasida turibdi.

«Inter»ning 2010 yildagi natijasini takrorlash haqida o‘ylamadim. Biz A seriya chempionligi va Italiya kubogini qo‘lga kiritdik. Shunday ekan, bu mavsum biz uchun ajoyib o‘tdi deya olaman. Bugun esa mana shu mavsum unutilmas bo‘lishi yo‘lida harakat qilamiz» - dedi Allegri.

 

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:55, 03.06.2017.
O'qildi: 4631 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.