Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 00:00 Niderlandiya 2-1 Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya 5-0 Panama
07/07 06:00 Urugvay 0-0 Braziliya

«U — qiyshiq oyoq yaramas». Qaysi qiliqlari Messining obro‘sini tushirmoqda?

«U — qiyshiq oyoq yaramas». Qaysi qiliqlari Messining obro‘sini tushirmoqda?

Baho:
+-5 | -4

Lionel Messi “Real” bilan bo‘lgan el-klassikoda “Barselona”ga g‘alaba keltirdi.

Hatto mana shu o‘yin ham uni kulgi va uyatdan saqlab qola olmaydi. Biz siz bilan Messi qaysi qiliqlari evaziga o‘z obro‘sini tushirayotganini ko‘rib chiqamiz.

“Messi – tarixdagi eng yaxshi o‘yinchi” – deya ta’kidlab o‘tdi “Barselona”ning sobiq murabbiyi Luis Enrike. Shu gaplarni jamoadoshi Luis Suarez ham aytib o‘tdi. Messi jamoasi uchun ikkita chiroyli gol urib, El-klassikoni yutib berdi. U bir klubda 500 ta gol urgan 8-futbolchiga aylandi. Primero to‘purari bo‘ldi. Balki, Messi haqiqatan ham jahon futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biridir, biroq hujumchi – daho emas. Daholar o‘zlarini bu darajada xunuk tutishmaydi.

“Barselona”ning ishi yaxshi borayotgan paytda, hamma Messining yaxshi tomonlarini aytib o‘tishadi. Bordiyu ishlar chappasiga ketsa, hech kim Messi aybdorligini aytmaydi. Hozirgi ishlarda hammadan ko‘ra Messi aybdor hisoblanadi. “Barselona”ni Leo o‘ldirmoqda, kamida shartnoma muddatini cho‘zmoqda.

Yaqinda, matbuot xabariga ko‘ra, Messi “qora ro‘yxat” tuzgan. Uning fikricha, bu mavsum: Turan, Matyo, Alkaser, Gomesh va Din yaxshi o‘yin ko‘rsatishmagan va mana shu ro‘yxatdagi futbolchilar jamoadan ketishlarini Messi rahbariyatdan so‘ragan. Ularning o‘rniga esa transfer ro‘yxatini ham tuzgan. Qizig‘i shundaki, transfer ro‘yxatida murabbiy almashishi ham turibdi.

“Qora ro‘yxat? Messi bunaqa ish qilishni xayolga ham keltirib bo‘lmaydi”, – deya jamoadoshini oqlashga harakat qildi Umtiti. Agar terma jamoa holatiga qaraydigan bo‘lsak, hammasi ravshan bo‘ladi. Argentina jahon chempionatisiz qolishga yaqin turibdi. Yaqinda esa murabbiy futbolchilar dastidan iste’foga chiqarildi.

“Messi – yetakchi emas. Murabbiy bilan gaplashgan payti, u orqasida qancha argentinaliklar turganini o‘ylamaydi ham. Messida bu hissiyot yo‘q”, – deya ta’kidlaydi Argentina terma jamoasi sobiq fizioterapevti Karlos Dibos. Messi terma jamoa mag‘lubiyatidan so‘ng qochadi va yana uni qutqarish uchun qaytadi. Biroq, baribir, boy berilgan o‘yinda aybsizligicha qoladi. Yaqinda hakamni haqorat qildi va buning natijasida terma jamoa yana o‘z yetakchisisiz qoldi.

Krishtiano Ronalduni ko‘p noliydi deya ayblashadi. Portugaliyalik yulduzning jarima maydoni oldida yiqilishlarini ko‘p marotaba kechirishmaydi. Bunaqada Messini umuman kechirish kerakmas. Messi nafaqat maydonda, balki maydon tashqarisida ham juda ko‘p o‘ziga yarashmaydigan gaplarni aytadi. Bir marotaba u Aytor Karankani “Mourinyoning qo‘girchog‘i” deya atagan. Arbeloani esa xotini oldida ahmoq degan. Bularning hammasi ortda qolgan El-klassiko ta’siridir. Hech narsa o‘zgarmayapti, aksincha, “Barselona” klubi ichida bu rivojlanyapti. Jamoa direktori Pere Gratakos Messi jamoadoshlari yordami bilan shu darajaga yetganini aytgan, ertasi kuni esa o‘z lavozimidan ozod qilingan.

“Messi – ahmoq, u faqat futbol bilan yashaydi. Men unga piramida sirlari, monarxlar va Tutanxamon sulolasi haqida gapirib bergandim. U esa pinagini ham buzmadi”, – deb aytib o‘tgan yegiptolog Zaxi Xavass. Ba’zida haqiqatan ham Messi shunday tuyiladi. Futbol olamiga kirgan hujumchi, real hayotdan chiqib ketgandek. Lekin uning oilasi soliq girdobiga qolib ketgan. Bu esa hujumchining yana bir yomon taraflaridan biri.

“Xudo unga katta iqtidor ato etgan, biroq u qiyshiq oyoq yaramas”, – deya tanqid ostiga olgan sharhlovchi Vasiliy Utkin. Futbol olamida Messi hamma iqtidorini namoyish qila olyapti. Bekorga uning hisobida 5 ta “Oltin to‘p” turmabdi. Oxirgi yillar bu sovrin halol o‘tkazilyapti deyishga til bormaydi. Messi yaxshi o‘yinchi, biroq o‘zini yaramaslarcha tutmoqda. Oxirgi paytlarda Ronaldu bilan taqqoslaganda bekorga portugaliyalik yulduz ustun kelmayapti.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 14:22, 03.06.2017.
O'qildi: 22077 marta.
Fikrlar: 46 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.