Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Chempionlar Ligasi mavsumining ramziy terma jamoasi (Goal talqini)

Chempionlar Ligasi mavsumining ramziy terma jamoasi (Goal talqini)

Baho:
+ | -

2016/2017 yilgi mavsum Yevropa Chempionlar Ligasi finali bilan o‘z nihoyasiga yetdi. «Yuventus»ga qarshi bahsda «Real» yulduzi Krishtianu Ronaldu porlagan bo‘lsa, musobaqada butun mavsum davomida o‘zini ko‘rsata olgan boshqa futbolchilar ham ko‘p bo‘ldi. E’tiboringizga Goal nashri tomonidan tuzilgan Chempionlar Ligasi ramziy terma jamoasini taqdim etamiz.

Janluiji Buffon («Yuventus») – 39 yoshli darvozabon ko‘pchilik neytral muxlislar tomonidan Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining «Oltin to‘p»ga egalik davriga yakun yasovchi futbolchi safatida ko‘rilayotgan edi. Kardifda 4 ta gol o‘tkazib yuborganiga qaramay Buffon bungacha o‘z darvozasidan faqatgina 3 ta gol olib chiqqan edi.

Dani Alvesh («Yuventus») – braziliyalik o‘ng qanot himoyachisi Chempionlar Ligasida vaziyatlar yaratish borasida ikkinchi bo‘ldi, bundan tashqari uchta gol urib, to‘rtta golga assistentlik qildi.

Serxio Ramos («Real») – madridliklar sardori final o‘yinida «Yuventus» futbolchisi Xuan Kuardadoning nohaq chetlatilishiga sabab bo‘lganiga qaramay butun mavsum davomida «Qirollik klubi» markaziy himoyasi qo‘rg‘oniga aylangan va hujumda ham sheriklarini qo‘llab-quvvatlab turgan edi.

Jorjio Kellini («Yuventus») – italiyalik himoyachi finalda o‘zini ko‘rsata olmagan bo‘lishi mumkin, biroq mavsum davomida turinliklar mudofaasiga ulkan hissa qo‘shib keldi. Uning «Barselona»ga qarshi bahslardagi o‘yini alohida e’tiborga sazovor.

Marselo («Real») – chap qanot himoyasida ham braziliyalik futbolchi, faqat u «Real» safida to‘p suradi. Madridliklarning vaziyatlar yaratishda Kroosdan keyingi ikkinchi eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Marselo chap qanotdagi eng zo‘r o‘yinchi maqomini Roberto Karlosdan tortib olishga harakat qilmoqda.

Tiago Alkantara («Bavariya») – ushbu mavsumda o‘z o‘yinini yangi darajaga olib chiqqan ispaniyalik yarim himoyachi ikkita gol va uchta pasga mualliflik qildi, biroq myunxenliklar chorakfinalda to‘xtashga majbur bo‘ldi.

Toni Kroos («Real») – mavsum davomida musobaqada eng ko‘p vaziyat yaratgan germaniyalik futbolchi madridliklarning g‘alabasiga statistikada ko‘rsatilgan bir gol va bir pasdan ko‘ra ancha ko‘p hissa qo‘shdi. U amalga oshirilgan aniq paslar bo‘yicha ham hammani ortda qoldirdi.

Usmon Dembele («Borussiya») – mavsum davomida Chempionlar Ligasida oltita golli pas berib, ikkita gol urgan fransiyalik yosh futbolchi assistentlik borasida faqatgina Neymardan ortda qoldi. Ikkala qanotda ham vinger, hujumchi, hujumkor yarim himoyachi pozisiyalarida o‘ynagan Dembele jamaosi o‘yiniga joziba qo‘shdi.

Neymar («Barselona») – braziliyalik futbolchi «Barselona»ning «PSJ» ustidan erishgan 6:1 hisobidagi tarixiy kambekida asosiy rolni o‘ynagan edi. U musobaqa davomida 4 ta gol urib, 8 ta golga hammualliflik qildi..

Krishtianu Ronaldu («Real») – madridliklarning musobaqadagi haqiqiy qahramoniga aylangan Ronaldu pley-off bosqichida 10 ta gol urib (jami 12 ta), to‘purarlik bahsida Messini ortda qoldirdi. Shuningdek, uning hisobida 5 ta golli pas ham bor.

Lionel Messi («Barselona») – jamoasini chorak finaldan olib o‘tishga yordam berolmagan bo‘lsa ham argentinalik yulduz Chempionlar Ligasida yaxshi mavsum o‘tkazdi – u bergan 38 zarbaning 11 tasi golga aylandi.

Taqqoslash uchun, Ronaldu 12 ta golni urishi uchun 13 o‘yinda 73 ta zarba berishiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, Messi Ronaldudan bitta kam vaziyat yaratgan.

 

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 20:00, 04.06.2017.
O'qildi: 18994 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.