Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

«Paxtakor» va «Bunyodkor»dagi bir muammmo haqida

«Paxtakor» va «Bunyodkor»dagi bir muammmo haqida

Baho:
+ | -

«Paxtakor» uchun hozirgi muammolar ancha ilgari boshlangan edi. «Bunyodkor»da esa joriy yildan ko‘zga tashlandi. Yo‘q, mazkur holatda gap musobaqa jadvali haqida ketmayapti. Garchi bu ham maqola mavzusiga yetarlicha ta’sir ko‘rsatsa-da, biz aytmoqchi bo‘layotgan muammo yo‘nalishi biroz boshqacha.

«Paxtakor» va «Bunyodkor» hozir O‘zbekiston chempionati darajasida o‘rtamiyona klubga aylanib qolgan. Ammo terma jamoaga nomzodlarning aksariyati aynan shu klublarda to‘p suradi. Bu esa futbolimizda paradoksal holatni yuzaga keltirgan - eng yaxshi futbolchilar shu yerda, ammo natija o‘xshamayapti. Shunga qaramay, ishoning, Samvel Babayan milliy jamoaga, Ravshan Haydarov esa yoshlar termasiga asosiy futbolchilarni baribir, «Paxtakor» va «Bunyodkor»dan chaqiraveradi. Chunki ularda boshqa variant yo‘q, ayni vaqtda oliy ligada yetakchilik qilib turgan klublarda xalqaro tajribaga ega o‘yinchilar deyarli yo‘q. Mas’uliyat esa ancha yuqori.

Qolaversa, «Paxtakor» va «Bunyodkor»ning oliy ligadagi muvaffaqiyatsiz ishtirokini boshqa faktor bilan bog‘lash to‘g‘riroq bo‘lardi. Albatta, bu shaxsiy fikr, ammo ba’zan shunday tuyuladiki, Jamshid Iskanderov va Vladimir Kozak «Paxtakor»da o‘ynamasdan, 4-5 yil oldin ketganda hozir mutlaqo boshqa Iskanderov va Kozakni ko‘rgan bo‘larmidik?! Ulardagi iqtidor o‘sha vaqtlarda yaqqolroq ko‘zga tashlanardi, ammo yil o‘tgani sari so‘nib bormoqda. Iskanderov va Kozakning bunda aybi bo‘lishi mumkin, ammo hammasi kuchli futbolchi emas, balki Stanislav Andreev va Adnan Oraxovas kabilar bilan yonma-yon to‘p surganiga borib taqalsa-chi?! Yodingizda bo‘lsa, Odil Ahmedov ham «Paxtakor»da o‘tkazgan so‘nggi mavsumida avvalgidek o‘ynay olmagandi. Uning omadi keldi, o‘z vaqtida xorijga ketdi. Iskanderov va Kozak esa...

«Bunyodkor» ham ayni vaqtda xuddi shunday muammolar og‘ushida. Ikki yil muqaddam bu klub tarkibida to‘p surgan uch futbolchi «Osiyoning eng kuchli yosh o‘yinchisi» nomiga da’vogarlik qilgandi. E’tibor bering, bu o‘rinda gap dunyoning eng yirik qit’asida eng iqtidorli bo‘lishga nomzodlar haqida ketmoqda. Ammo hozir vaziyat qanday? «Qaldirg‘ochlar» OCHLda guruhdan ham chiqa olishmayapti, oliy ligada esa 12-o‘rinda borishmoqda. Nima uchun? Chunki «Bunyodkor»dagi Osiyoning o‘sha eng iqtidorli futbolchilari o‘sishdan to‘xtab qolishgan. Bir vaqtlari «Paxtakor»da boshlangan muammolar endi «Bunyodkor»ga ham daxl qilmoqda.

Yaqinda har ikki klub boshqaruvida o‘zgarishlar kuzatildi. Bunga sabab ko‘rsatish lozim bo‘lsa, hech ikkilanmay yuqoridagi muammolarni keltirgan bo‘lardik. Eski rahbariyat davrida «Paxtakor» ham, «Bunyodkor» ham bir joyda «qotib» qoldi. Degradasiya yuzaga keldi, rivojlanish o‘z o‘rnini tanazzulga bo‘shatib berdi. Oqibatda ko‘pchilik ishdan ketdi. Biroq yillar davomida yig‘ilgan muammolarni birgina rahbariyat va murabbiy almashtirish bilan hal qilish qiyin. Agar hozir Jasur Abduraimov o‘rnida Radulovich, Mirjalol Qosimov o‘rnida esa Skolari ishlaganda ham natija bundan yaxshi bo‘lmasdi, balki. Xo‘sh, endi nima qilish lozim?

«Paxtakor» tarkibida bugungi kunda ikki legioner bor va har ikkisi ham himoyada to‘p suradi. Ularning saviyasi haqida esa indamay turgan ma’qul. Shundoq ham ma’lum. Bizni qiziqtirgani, hujum va yarim himoyada shuncha muammo turgani holda, mahalliy futbolchilarga qaraganda ko‘proq maosh oladigan legionerlarning nima sababdan aynan himoyada to‘p surishidir. Boz ustiga, ularning har doim ham asosiy tarkibda ko‘rinish beravermasligi yana savollar keltirib chiqarishi turgan gap.

«Bunyodkor» o‘tgan mavsum Sato Minori, undan avvalroq esa Shaker Zuagi bilan xayrlashdi. Odatda, har qanday klub ketgan futbolchi o‘rniga kuchlirog‘ini olib kelishga intiladi. Zuagi va Minori «Bunyodkor»ga Lushandan oldinroq kelgandi. Afsuski, o‘tgan davr mobaynida «qaldirg‘ochlar» safida ulardan kuchlirog‘ini ko‘rmadik. Xo‘sh, ayb kimda? Javobga hojat yo‘q. Haytovur, Sardor Rashidov o‘z vaqtida «Bunyodkor»dan ketdi, aks holda, hozir shunchaki o‘rtamiyona futbolchilardan biri bo‘lardi, xolos. Dostonbek Hamdamovning bugungi holati bunga yaqqol misol. Yo ketish kerak yoki...

Ayni payt «Paxtakor» va «Bunyodkor»ning oldida ikki yo‘l bor: klublar nihoyat, rivojlanish yo‘lini aniqlab olishi lozim. Yo darhaqiqat, bir bosh baland turadigan legionerlarni jalb etib, tarkibni kuchaytiradi yoki kuchli futbolchilarga xorijdan tushadigan taklifni rad etishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘radi. Zero kuchli o‘nlik uchun bundayroq futbolchilar bilan ham kurashsa bo‘ladi. Iqtidorlarni ushlab turishdan nima naf?

Ikki klubning ham muammosi bir, aslida. Ular qay taxlit hal qilinishi va jamoa kelajagi qanday bo‘lishi esa yaqinda boshlanadigan transfer mavsumida oydinlashishi lozim. «Paxtakor» va «Bunyodkor»dagi o‘zgarishlar haqida ko‘p gapirildi, ammo asl o‘zgarishlar hali oldinda. Kutib turing, O‘zbekiston chempionatida yana ko‘plab qiziqarli voqealar kuzatiladi. Har holda, shunday bo‘lishiga ishongimiz keladi.

ABDULLOH

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 16:31, 05.06.2017.
O'qildi: 7456 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.