«Nyukasl» vingeri Entoni Gordon «Barselona»ga o‘tishga yaqin turibdi. Bo‘lajak transfer allaqachon nufuzli manbalar tomonidan tasdiqlandi — futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Kataloniyaga yo‘l olmoqda.
Jurnalist Xose Alvares «ko‘k-anorranglilar» sport direktori Dekuning ishini alohida qayd etdi: «Bavariya» va «Liverpul» angliyalik futbolchiga «oshiq» edi, biroq portugaliyalik funksioner yordamida Kataloniya grandi raqobatchilarini ortda qoldirdi va kelishuvga tez fursatda erishdi.
Turli ma’lumotlarga ko‘ra, Gordonning transfer summasi 70 milliondan 80 million yevrogacha bo‘lishi kutilmoqda. Transfermarkt ekspertlari esa 25 yoshli futbolchining narxini biroz arzonroq — 60 million yevro deb baholashadi.













